O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOMLAR FAOLLIKKA CHORLANDI

 
 

Mehrob Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan qolgan merosdir. Bugun ushbu merosning vorislari esa imom xatiblarimizdir. Imomlarimiz masjid minbaridan turib, zimmalaridagi buyuk mas’uliyat, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning meroslari, muqaddas islom dini ta’limotlarini xalqqa yetkazmoqdalar. Ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, ikki dunyo saodati tomon yo‘llamoqdalar.

Imomlik buyuk mas’uliyat bo‘lib, imom-xatibdan hamisha ogohlik va hushyorlikni talab etadi. Masjidni obod etish, uni turli fitnalardan himoyalash, tinchligini ta’minlash, namozxonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash, xalqni hamisha to‘g‘ri yo‘lga boshlash, yaxshi va yomon kunlarda ular bilan birga bo‘lish imom xatib vazifasining asosidir.

17 noyabr kuni Samarqand shahar imom xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov ishtirok etdi. Tadbir davomida shahar imom-xatiblarining faoliyati muhokama qilindi. Ayrim imomlar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Ularga tushuncha va yo‘nalishlar ko‘rsatildi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi masjidlarda ogohlikni kuchaytirish, imomlik, azon va qiroat kabi amallarda faqat mutasaddilar xizmatidan foydalanish masalasiga qaratildi.

Yig‘ilish, shaharning markaziy masjidi “Shohi Zinda” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1450
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imomlar-faollikka-chorlandi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 16:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing