O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM XATIBLARNING UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

 
 

2016 yil 15 oktyabr kuni Samarqand viloyatidagi barcha rasmiy masjid imom xatiblari ishtirokida uchinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Samarqand shahridagi "Xo‘ja Abdu Darun" jome masjidida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili N.Islamov, vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov, viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassislari B.Ulmasov, Sh.Shodiyev, shahar va tuman bosh imomlari hamda barcha imom xatiblar ishtirok etdi.

Ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda masjidlarda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkillashtirish, qishgi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, 2017 yilgi obunalarni yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek masjidlar va imom xatiblar faoliyatini takomillashtirish kabi muhim va dolzarb mavzular muhokama etildi.

Yig‘ilishda mehmon sifatida ishtirok etgan viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Sh.Shodiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonun-qoidalar, raqamlar, yurtimizdagi saylov jarayonining o‘ziga xosligi va boshqa rivojlangan davlatlarda ham uchramaydigan qulaylik jihatlari haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob berib, zarur va kerakli bo‘lgan fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Majlis so‘ngida bo‘lib o‘tgan erkin muloqot davomida imom xatiblar faoliyatlariga doir ko‘plab ma’lumotga ega bo‘ldilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2061
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblarning-umumiy-yigilishi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 13/12/2019 21:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing