O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM XATIBLAR UCHUN O‘QUV SEMINAR

 
 

O‘zbekiston musulmonlari dorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan rasmiy din vakillarining diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirish hamda ularning dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 19-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulot darslari viloyatning beshta hududida: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borilmoqda. Viloyat imom xatiblari besh guruhga bo‘lingan holda, o‘zlariga yaqin hududda seminar mashg‘ulotlariga ishtirok etmoqdalar.

Seminarda davlat va din munosabatlari, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini asrash, globallashuv jarayonida madaniyatlar, tillar, urf-odatlar integratsiyasi, ekstremizm va terrorizm, internet va ijtimoiy tarmoqlar xavfi, yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlar orasidagi ijtimoiy holatlar kabi bugunning dolzarb mavzulariga qaratilgan ma’ruzalar tinglovchilarga yetkazilmoqda.

Ma’ruzalarni Samarqand viloyati vakili N.Islamov, vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov hamda SamDU, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti kabi oliygohlar prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, dotsentlar, Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori va direktor o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari kabi qator nufuzli shaxslar, fan arboblari olib bormoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/07/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2284
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-uchun-oquv-seminar
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 03:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing