O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatiblar Murojaatnomaning mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘z munosabatlarini bildirdi

 
 

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib va imom noiblari Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasini mazmun-mohiyati bilan yanada yaqinroq tanishish uchun yig‘ilgan edi. Yig‘ilganlar dastlab, murojaatnomaning video yozuvini qaytadan tomosha qilib, tingladilar. Shundan so‘ng Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyev so‘zga chiqib, Murojaatnomaning har bir bandi bo‘yicha tushuncha berdi. Xususan, Muhtaram Prezidentimizning mazkur yig‘ilishda diniy bag‘rikenglik, jamiyatda millatlararo totuvlik ishlari, bu borada 30 iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan yurtimizda birinchi marta “Do‘stlik haftaligi”ni va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish haqidagi takliflari, Mamlakatimizda “jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish, joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiyning hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etilishi bo‘yicha bildirgan fikrlari, Imom Buxoriy bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini mutlaqo yangi loyiha asosida qayta barpo etish ishlarini, shuningdek, buyuk alloma Bahovuddin Naqshband bobomizning 700 yillik tavallud ayyomini yuqori saviyada o‘tkazish haqidagi rejalari, keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosat tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, bilib-bilmay xatoga qo‘l urgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilgani, joriy yilda ham diniy ekstremistik yo‘lga kirib qolganidan chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi bo‘yicha fikrlari atroflicha tahlil qilindi.

Tabirda Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom-xatibi Anvar Nazarov, Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom xatibi Safaxon Baqoyev, “Oqtepa” jome masjidi imom xatibi Mansur Rustamov, Jomboy tuman “Ibrohim ota “jome masjidi imom xatibi Anvar Axmedovlar so‘zga chiqib, murojaatda oliy ta'lim tizimida grant asosida o‘qish uchun kvotalar oshirilishi, ko‘p yillardan buyon O‘zbeksitonda yashab, mehnat qilib kelayotgan shaxslarga fuqarolik berish, “jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish, halollik vaksinasi kabi mavzularga o‘z munosabtlarini bildirib, murojaatnomada ko‘tarilgan har bir masalada imom-xatiblar o‘z yo‘nalishi qolaversa, fuqarolik burchidan kelib chiqqan holda o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/01/2020 12:13;   Ko‘rilganligi: 828
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-murojaatnomaning-mazmuni-bilan-yaqindan-tanishib-oz-munosabatlarini-bildirdi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 19:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing