O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IMOM XATIBLAR FAOLIYATIDAN

 
 

13 sentyabr kuni Samarqand shahar, “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi J.Xotamov tomonidan, homiylarni jalb qilgan holda, 10-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Qurbon hayiti munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. Qutlug‘ bayram kunlari bolalar qalbiga xushnudlik ulashish maqsadida amalga oshirilgan ushbu tadbirda so‘zga chiqqan J.Xotamov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bugungi kunda yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘qib-izlanib, yetuk kadr bo‘lib yetishishlarini tiladi.

O‘z o‘rnida mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi va homiylarga minnatdorchilik izhor etildi.

****

13 sentyabr kuni Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Zafar Mahmudov Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand hududiy bo‘limida bo‘lib o‘tgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, barkamol avlodni tarbiyalash hamda oila institutini mustahkamlash borasidagi faoliyati: amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. Tadbir asnosida so‘zga chiqqan Z.Mahmudov “Oilalar mustahkamligini ta’minlash va yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi hamda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.

****

14 sentyabr kuni Samarqand tuman bosh imom xatibi B.Sharipov tuman hokimligi tomonidan g‘alla ekish oldidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir asnosida kelasi yilgi xirmonga baraka berishini, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi. Shuningdek, Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘y so‘yilib, kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlarga tarqatildi.

****

16 sentyabr kuni viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova Samarqand harbiy gospitalida o‘tkazilgan “O‘zbek ayoli, or-nomus, qadr-qimmat, sharm-hayo timsolida oila quvonch manbai” va “Oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, oilaviy ziddiyatlarni farzandlar taqdiriga ta’siri” mazularidagi davra suhbatida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2070
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-faoliyatidan
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing