O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ijtimoiy muhit barqarorligida hojilarning o‘rni beqiyos

 
 

21-23 iyun kunlari Samarqand viloyati bosh imom xatibi Z.Eshonqulov joylarda bo‘lib, haj ziyoratchilari ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumki, Vazilar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qaroriga asosan hajga borishga nomzodlar mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida alohida tartib bilan saralanmoqda. Ular mahalla faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari, imomlar, profilaktika inspektorlari va boshqa tashkilot vakillari bilan birgalikda fuqarolarga murabbiy sifatida biriktirilmoqdalar.

Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish bo‘yicha hoji ota va hoji onalarning xizmatidan keng miqyosda foydalinib kelinmoqda.

Sh kungacha Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Narpay, Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlariga tashrif buyurilib, bo‘lachak hojilarga biriktirilgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan ishlashga doir tushunchalar berib kelinyapti.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1632
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ijtimoiy-muhit-barqarorligida-hojilarning-orni-beqiyos
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing