O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ijtimoiy himoya-ulug‘insoniy fazilat

 
 

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab moddiy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, “Mehrinbolik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylarida istiqomat qilayotganlar, maxsus maktab-internatlarida tarbiyalanayotganlar holidan xabar olish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, viloyat imom xatiblari va saxovatpeshalar birgalikda joylarda qator xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Jumladan:

2 dekabr kuni viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, bosh imom xatib o‘rinbosari Yo.Mansurov, “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Z.Mahmudov homiylarni jalb qilgan holda Samarqand shahridagi 59-son ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ustoz va o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov kishi ijtimoiy holati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar intilib ta’lim olsa, tanlagan sohasining mutaxassisi bo‘lishga harakat qilsa barcha maqsad va orzulariga yetishishi mumkinligi, hech qachon umidni uzmaslik, harakatdan to‘xtamaslik lozimligi haqida qisqa ma’ruza qildi.

Tadbir so‘ngida 180 nafar o‘quvchiga qishki issiq oyoq kiyimlar ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 992
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ijtimoiy-himoya-uluginsoniy-fazilat
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 02:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing