O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Abdulg‘ani Abdulloh

 
 

Abdulg‘ani ibn Ibrohimxo‘ja 1928 yili tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasini va Toshkent pedagogika institutining (hozirgi pedagogika universiteti) tarix fakultetini bitirgan, Misrning “Al-azhar” dorilfununida o‘qigan. Arab, fors, turk, ingiliz, farang, dariy tillarini puxta bilardi. Yigirma bir yil “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali bosh muharriri, keyinchalik O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisining noibi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi bo‘lib ishladi. Imom Buxoriy “Al-jome' as-sahih” kitobining 4-jildini arabchadan tarjima qilgan, “Islom odob-axloqi”, “Shariat ahkomlari”, “Musulmonlik haq-huquqlari va vazifalari” kabi asarlari chop etilgan. 1999 yili Toshkentda vafot etgan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 24-bet.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 16:36;   Ko‘rilganligi: 906
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/idorada-ishlagan-ibratli-insonlar-shayx-abdulgani-abdulloh
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing