O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hojilarimiz mavqelari yuksalmoqda

 
 

“Hajga borgan o‘zbekistonlikdan madaniyat

va ilmning hidi kelishi kerak”.

Shavkat Mirziyoev

Saytimiz orqali oktyabr oyining avvalidan boshlab 2018 yilgi haj mavsumiga borib qaytgan hoji ota va hoji onalar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar orqali ularni ijtimoiy-ma’anaviy muhit barqarorligini ta’minlash ishlariga keng jalb qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilib kelmoqdamiz. Bu gal uchrashuv Samarqand tumanida tashkil etildi.

5 noyabr kunida bo‘lib o‘tgan tadbirda hojilarimiz tomonidan maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar, jazoni o‘tash mauassasalaridagilarning oila a’zolari, ijtimoiy og‘ir holdagi oilalarga qilingan tashrif, berilgan ma’naviy-ruhiy ko‘maklar, bartaraf etilgan muammolar xususida suhbatlashildi.

Bu borada yanada samarali faoliyat yuritishga doir yo‘nalish va maslahatlar berildi.

Ta’kidlash lozimki, hojilarimiz tomonidan qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq ularning xalq orasida mavqelari oshmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 688
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/hojilarimiz-mavqelari-yuksalmoqda
Chop etilgan vaqti: 01/10/2020 01:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing