O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishga shoshiling!

 
 

Ushbu nashrlarni o‘qiganda yurtimiz va dunyo musulmonlari hayoti bilan tanishish barobarida ilm ham o‘rganasiz. Shuningdek, yurtimizdagi eng ko‘p adadda nashr etiladigan "Hidoyat" jurnali va salmoqli adadlarda chop etiluvchi "Mo‘minalar" jurnali va "Islom nuri"  gazetasi sizning hamfikrlaringiz sonini ham orttiradi. Siz ushbu nashrlarda o‘z ijodingiz bilan qatnashish imkoniga ham egasiz. Sizning ijodingiz "Gazetxon ilhomi", "Maktublarda manzaralar"  va boshqa mavzuga mos ruknlar ostida e'lon qilinadi.

Ushbu nashrlarda e'lon qilingan eng yaxshi materiallar uchun, ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qiluvchilar uchun qimmatbaho sovrinlar ham beriladi. Shuningdek, ijodkorlar, imom-xatiblar, imom noiblari va otinoyilar uchun "Ijodiy ishlar tanlovi" ham e'lon qilindi. Bu haqda batafsil "Islom nuri" gazetasining 17-sonida e'lon berildi.

Obuna bo‘ling: gazeta, jurnal o‘qib ilmingizni boyiting va nashriyot sovrinlariga ega bo‘ling!


Kiritilgan vaqti: 20/10/2019 22:05;   Ko‘rilganligi: 3171
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hidoyat-mominalar-jurnallari-va-islom-nuri-gazetasiga-obuna-bolishga-shoshiling
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing