O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Har-bir yaxshilik besamar qolmaydi

 
 

Muqaddas dinimiz – islom dinida inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Qur'oni karimning bir qator o‘rinlarida, bu umuminsoniy yuksak qadriyat alohida ta'kidlangan. Islom inson uchun lozim bo‘lgan ma'naviy va moddiy manfaatlar uyg‘unligini o‘zida mujassam eta olgan dindir.

Savob ishlar sirasiga yaxshi va ezgu ishlar, ya'ni jamiyatga foydasi tegadigan amallar kiradi. Shu jumladan, quyidagilarni ham ko‘rsatish mumkin: xayru saxovat, muhtojlar va yetimlarga yaxshilik qilish, omonatdorlik, kechirimlilik, qarindosh-urug‘ bilan silai-rahmda bo‘lish, yaxshi qo‘shnichilik, bemorlarni ziyorat qlish, ilm olishga harakat qilish va yoshlarni ilmga da'vat qilish, jamiyatda tinchlik-xotirjamlikni ta'minlashda faol bo‘lish; gunoh-ma'siyat ishlardan tiyilish va hokazo.

         Samarqand shahridagi “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir Hatamov ham o‘zining bilim va malakasidan foydalanib, muqaddas dinimz ko‘rsatmalarini xalqqa yetkazish, yoshlarni salohiyatli bo‘lib voyaga yetishlari, ularni hir xil buzg‘unchi firqalarning g‘oyalariga aldanib qolmasliklari, jamiyat orasidagi illatlarni bartaraf etish borasida mehnat qilib kelmoqda.  Mo‘min kishi halol mehnat qilib, o‘ziga, oilasiga nafaqa qilishi, ortganidan muhtojlarga ulashishi, mazlumga yordam berishi, ojizlarning holidan xabar olishi, kishilarni yaxshilikka chaqirishi, yomonlikdan qaytarishi va gunohlardan tiyilishi ayni savob ekanligini ko‘p ta'kidlaydigan domla shu kunlarda munosib e'tibor qaratilayotgan imkoniyati cheklangan shaxslar holidan xabar olishda ham o‘rnak bo‘lmoqda. Samarqand shahrining Botir Zokirov nomli mahallasida yashovchi Kim Dmitriyning xonadonida uch nafar nogiron istiqomat qiladi. Kim Dmitriy va uning turmush o‘rtog‘i jismoniy imkoniyati cheklangan. Ular nogironlik aravachasiga, o‘zgalar ko‘mgiga muhtoj, kam ta'minlangan oilalardan hisoblanadi. “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan, bag‘rikenglik tamoillariga amal qilgan holda ushbu xonadon ahliga Jahongir domla o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobidan nogironlik aravachasi hadya qildi.

Har-bir yaxshilik besamar qolmaydi. Bandaning ixlosi, niyatiga qarab, zarra miqdoridagi amaliga ham Alloh taolo ajr beradi. Shuning uchun ham musulmon kishiga yaxshilik eshiklari doimo ochiq. Allohning keng rahmati, beqiyos savoblari va rahmati soyasida bu eshiklardan xohlagan vaqtida kiraveradi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/12/2019 11:23;   Ko‘rilganligi: 316
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/har-bir-yaxshilik-besamar-qolmaydi
Chop etilgan vaqti: 18/09/2020 12:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing