O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

G‘animat damlar besamar ketmasin

 
 

Ma’lumki, 2017 yilning 27 mayidan jannatmakon diyorimizga oylarning sayyidi, o‘n ikki oyning sultoni muborak Ramazon oyi kirib keldi.

Shu munosabat bilan 1 iyun kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova hamda Samarqand shahar Temiryo‘l hududi bosh otinoyisi N.Ibragimova Samarqand shahar “Yuqori Xo‘ja Soat” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan Ramazon oyi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbir asnosida muborak oyning fazilati va bu oyda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Joylarda tashkil etiladigan iftorliklarni ixcham, dabdabasiz, turli bit’at-xurofotlardan yiroq holda o‘tkazish dinimiz talabi ekani, shuningdek ushbu oyda ko‘proq yaxshi ishlar, savobli amallar qilib qolish payida bo‘lish lozimligi shar’iy asoslar bilan tushuntirib o‘tildi

Tadbir so‘ngida mahallaning ehtiyojmand hamda kam ta’minlangan fuqarolari hamda qariya va bemorlarga xiyr-ehsonlar ulashildi.

N.Ibragimova: Samarqand shahar Temiryo‘l hududi bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 02/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1003
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ganimat-damlar-besamar-ketmasin
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 03:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing