O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ENG MA’RIFATLI IMOMLARIMIZ ANIQLANMOQDA

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar imom xatiblari, imom noiblar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Eng ma’rifatli imom” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyati bosqichi boshlandi.

Ta’kidlash joizki ushbu tanlov har yili ananaviy tarzda “Yil imomi” nomi bilan o‘tkazilib kelinar edi.

17 sentyabr kuni Samarqand shahri, Samarqand, Tayloq, Paxtachi, Narpay tumani imomlari o‘rtasida mazkur tanlovning hududiy bosqichlari o‘tkazildi.

Tanlovda viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, bosh xatib maslahatchisi M.Melikov, o‘rinbosarlar X.Sattorov, Yo.Mansurov, Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi ilmiy xodimlari hay’at sifatida qatnashib, ishtirokchilarni munosib baholab bordilar. Tanlov nizomiga muvofiq, qatnashchilarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Musobaqa davomida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar tanlovning viloyat bosqichiga ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tanlov 20 sentyabrga qadar davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1019
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/eng-marifatli-imomlarimiz-aniqlanmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing