O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish vazifalarimizdan biri

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi kelib tushgan mablag‘larni har bir yo‘nalish bo‘yicha taqsimotini amalga oshirgan holda hududlarda bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. “Malham”, “Ilmga ko‘mak”, “Ro‘zg‘or”, “Ehtiyojmandlarga ko‘mak”, “Obod xonadon” kabi aksiyalar shular jumlasidan. Fondning Samarqand viloyat filiali o‘z tasarrufidagi ziyoratgohlar hamkorligida xayriya tadbirini amalga oshirdi. Unga filial rahbarining o‘rinbosari A.Sultonov rahbarlik qildi. Tadbir doirasida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilallar, bemorligi bo‘lgan insonlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, “Shohi Zinda” majmuasi tomonidan Afrosiyob va Imom Vose' mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘nta xonadonga umumiy 1 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

“Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi tomonidan homiylar bilan hamkorlikda Qo‘shchinor, G‘afur G‘ulom, Sayxun mahallalaridagi kam ta'minlangan o‘nta oilaga 3 500 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

Filial tasarufidagi “Murod Avliyo” masjid-ziyoratgohi rahbari F.Husenov tomonidan homiylar jalb qilingan holda Samarqand shahar Bog‘bonlar mahallasidagi 3ta kam taminlangan oilalarga 450 000 so‘mlik kunlik iste'mol mahsulotlari ehson qilib berildi.

“Xo‘ja Ahrori Valiy” ziyoratgohi rahbari B.Sharipov yurish imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga qulaylik va sharoit yaratish uchun homiylarni jalb qilgan holda Germaniyada ishlab chiqarilgan 1 800 000 so‘mlik nogironlik aravachasini ziyoratgohga keltirdi.

Shuningdek, “Hazrati Dovud”, “Xo‘ja abdu Berun” ziyoratgohlarining rahbarlari ham ehsonparvar kishilar ko‘magi bilan o‘nta muhtoj oilalarga 1 000 000 so‘m miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini moddiy yordam sifatida yetkazib berdilar.

Alloh taolo ehtiyojmand kishilarga yordam qo‘lini uzutayotgan, mushkullarini oson qilishda ko‘mak ko‘rsatayotgan kishilarga O‘zi ajru mukofat bersin!   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/11/2019 12:05;   Ko‘rilganligi: 1415
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ehtiyojmandlarga-komak-berish-vazifalarimizdan-biri
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 11:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing