O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Dunyo va oxirat mukofatiga sazovar bo‘ling!

 
 

Alloh talol muborak kalomida shunday marhamat qilgan:

 “Erkakmi yo ayolmi – kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga pok hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan amallarining chiroyligi barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.” Nahl surasi 97-oyatda:

Solih amal iymon haqiqatlaridan kelib chiqadigan yo‘l bo‘lib, u islom arkonlarini va shu bilan birga insonning ham o‘ziga, ham jamiyatga foydali bo‘lgan, shariat mezonlariga loyiq keladigan boshqa yaxshi amallarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yaxshi amal birovning hojatini ravo qilish, muhtojga yordam berish, bemorning ko‘nglini ko‘tarish, yoki bir og‘iz shirin so‘z va boshqalar bo‘lishi ham mumkin. 

Samarqand viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirovlar Jomboy tuman Qang‘li mahallasida yashovchi, baxtsiz hodisa tufayli 11 oylik vaqtida yuz qismi og‘ir kuygan, 7 yoshli Baxtiyor holidan xabar oldilar. Baxtiyor o‘tgan vaqt davomida Koreya va Hindistonda bir necha bor muolaja olib qaytgan. Oldinda yana ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti turibdi. Janubiy Koreyalik mutaxassislar vaqtida davo choralari ko‘rilsa, sog‘ayib ketishi mumkinligini aytishmoqda. Shu sababli Jomboy tumanidagi masjidlar tomonidan ushbu oilaga 3200000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

Azizlar, siz ham mana shu oila yoki shu kabi ehtiyojmandlarga yordam berib, ezgu ishlaringizni ko‘paytiring va Parvardigorning bu dunyo va oxiratdagi mukofati bilan taqdirlaning!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 


Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 14:11;   Ko‘rilganligi: 994
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/dunyo-va-oxirat-mukofatiga-sazovar-boling
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 13:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing