O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Diniy idora hayotiga doir "Muhim voqealar yilnomasi"

 
 

1980 yil sentyabr. Toshkentda “XV hijriy asr xalqlar o‘rtasida do‘stlik va tinchlik asri bo‘lishi kerak!” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘ldi. Unda jahonning 27 mamlakatidan davlat, jamoat va din arboblari ishtirok etdi.

* * *

1990 yil sentyabr. Ulug‘ muhaddis Abu Iso Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlab, Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro Islom anjumanida dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan davlat, jamoat va din arboblari, yirik ulamolar ishtirok etishdi.

* * *

1990 yil 2 iyun. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun borishi to‘g‘risi”dagi Farmoni e'lon qilindi.

* * *

1991 yil 20 iyun. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov “Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish haqida”gi Farmoniga imzo chekdi.    

 “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 22-bet

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/10/2019 17:32;   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/diniy-idora-hayotiga-doir-muhim-voqealar-yilnomasi
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 02:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing