O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

DINAMONI QUTLAYMIZ

 
 

2017 yil 12 mart kuni Oliy Liganing 3-tur doirasidagi uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda “Paxtakor” kulubi mehmoni bo‘lgan Samarqandning “Dinamo” jamosi viloyat sharafini munosib himoya etdi va o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi. 88-daqiqada O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Radu Rogak boshi bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochdi - 0:1 va bu gol o‘yin yakuniga qadar yagona bo‘lib qoldi.

Eng yosh tarkib bilan maydonda harakatlanayotgan samarqandliklar mana uch turdirki mag‘lubiyat nima ekanini bilmayapdilar. 2-turda jamoa G‘uzorning “Sho‘rtan” kulubini 3:0 hisobida tor-mor etgan bo‘lsa, 1-turda Bekobodda bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Metallurg»ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan edi

Bu yilgi mavsumni debyutant sifatida boshlagan “Dinamo” jamosi hozirda uch turda to‘qqiz ochko to‘plagan holda turnirning peshqadami bo‘lib turibdi.

Biz jamoamizga omad tilaymiz va mavsum so‘ngigacha mardonavor kurashib yakunda mamlakat chempioni bo‘lishini umid qilib qolamiz

O‘MI viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2540
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/dinamoni-qutlaymiz
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing