O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Davra suhbati nihoyasiga yetdi

 
 

Xabaringiz bor kuni kecha 17 noyabr' kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasidan tashrif buyurgan bir guruh ustozlar tomonidan vakillik binosida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim va saviyasini yanada oshirish hamda ish jarayoniga mas'uliyat bilan yondashish maqsadida ular bilan davra suhbati tashkil etilgan edi.

Bugun, 18 noyabr' kuni ushbu davra suhbati o‘z nihoyasiga yetdi. Davra suhbati davomida otinoyilarning diniy va dunyoviy bilimlari, xalq bilan muloqot  qilishi va marosim o‘tkazish bo‘yicha bilimi va bugungi kun davr talabiga javob berishi kabi dolzarb jihatlari o‘rganib chiqildi. Ushbu o‘tkazilgan davra suhbatlariga o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflari bilan faol ishtirok etgan otinoyilar sertifikat bilan mukofotlandilar.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari Munira Abubakirova va Maryam Abdullayevalar boshchiligida o‘tkazildi.

Sertifikatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning masul xodimasi Abdurahimova Frida opa tomonidan topshirildi.

Shuningdek, tadbirga viloyat xotin-qizlar targ‘ibot guruhi a'zolari ham tashrif buyurdilar.

Tadbir so‘ngida otinoyilarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilanib, xayrli duolar qilindi. Bu esa otinoyilarimiz zimmasiga yanada ko‘rpoq mas'uliyat yuklaydi albatta.

Otinoyilarimizga Alloh taolo yurt ravnaqi, vatan rivoji va Din yo‘lida qilayotgan xizmatlarida O‘zi madadkor bo‘lsin...!!!

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/11/2020 16:40;   Ko‘rilganligi: 626
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/davra-suhbati-nihoyasiga-etdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing