O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Chekka hudularga tashrif davom etmoqda

 
 

Chekka, viloyat markazidan uzoq masofada joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qish, namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov belgilangan reja asosida joylarda bo‘lib turibdi.  Navbatdagi tashrif Ishtixon tumani “Dehqonobod” jome masjidi va Kattaqo‘rg‘on tuman “Chig‘atoy” masjidlariga bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi samimiy suhbat va do‘stona munosabatlar tarzida o‘tgan uchrashuvda namozxonlarni bugungi tinchlik va osoyishtalikka shukrona keltirish, yoshlarni tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashishga, shu muqaddas  zaminda O‘zining ibodatini ado etib, yaxshilik bilan hayotga kechirishga chaqirdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/11/2019 16:56;   Ko‘rilganligi: 1064
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/chekka-hudularga-tashrif-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing