O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bosh imom-xatiblar ZOOM video konferensiyasi orqali onlayn yig‘ilishda ishtirok etdilar

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan zamonaviy texnologiya va usullardan foydalangan holda ZOOM  platformasi orqali shahar va tuman bosh imom-xatiblari bilan onlayn yig‘ilish tashkil qilindi.

Yig‘ilishni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov olib bordi va quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: Karantin qoidalariga qat'iy amal qilish, imom-xatiblar karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatlarini yanada jonlantirish, OAV larida dolzarb va mazmunli maqola, video va audio chiqishlarni ko‘paytirsh va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bosh imom-xatiblar berilgan topshiriqlarni o‘zlari uchun belgilab oldilar va joylardagi imom-xatiblarga yetkazishni zimmalariga oldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/06/2020 19:24;   Ko‘rilganligi: 1002
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bosh-imom-xatiblar-zoom-video-konferentsiyasi-orqali-onlayn-yigilishda-ishtirok-etdilar
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 17:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing