O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Binali Yildirim Samarqandga tashrif buyurdi

 
 

25 sentyabr kuni yurtimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan turkiya parlamenti spikeri, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasi ziyorat qildilar. Qur’oni karim tilovat qilindi.

Keyin esa yetmish nafarli delegatsiya Imom Buxoriy majmuasi va yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmiy oliy maktabi bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyat bosh xatibi Zayniddin domla Eshonqulov mehmonlarga inshootlar tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Delegatsiya a’zolari peshin namozini Imom Buxoriy jome masjidida ado etdilar.

Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy obidalarni ham tomosha qildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1427
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/binali-yildirim-samarqandga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing