O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BAYRAM OLDIDAN UCHRASHUV

 
 

Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan viloyatimizning barcha joylarida “GO‘ZAL VA BETAKRORIMSAN, MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO, O‘ZBEKISTONIM!” shiori ostida bayram oldi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, joriy yilninig 15 avgust kuni viloyatimizning Narpay tumanidagi mavjud o‘n sakkizta masjid imom-xatiblari bilan “Naqshbandiy” jome masjidida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili N.Islamov va vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda viloyati vakili N.Islamov so‘zga chiqib: “Muhtaram imom-xatiblar, avvalom bor sizlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 25 yillik bayrami munosabati bilan muborakbod etaman. Xabaringizkim, mustaqillikdan ilgari muqaddas islom dinimiz nihoyatda xorlangan edi. Yaratganga ming shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik sharofati ila o‘z xuquqimizga, diniy qadriyatlarimizga, bobolarmizdan qolgan tengi yo‘q meroslarga ega bo‘ldik. Jahon sahnasida o‘z o‘rnimiz paydo bo‘ldi. O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, o‘zbek xalqining solahiyatini, ilmiy darajasini, minglab kitoblar bilan bezatilgan tarixini namayon qila oldik. Har bir sohada misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishlar bo‘lib, ayrim sohalarda dunyo reytingida yetakchi o‘rinlarni egalladik. Xususan, bir paytlar oyoq osti bo‘lgan diniy qadriyatlarimiz tiklanib, minglab masjidlar ochildi, madrasalar faoliyat boshladi, muborak haj safariga borib kelish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Buning shukronasi sifatida bayramni a’lo kayfiyat bilan o‘tkazishimiz, joylardagi tadbirlarda faol ishtirok etishimiz biz imom-xatiblarning eng katta vazifamizdir”,- deb ta’kidladi.

Shundan so‘ng vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov so‘zga chiqib: “Istiqlol sharofati bilan xalqimiz mana 25 yildirki erkin nafas olmoqda. O‘z kelajagiga, farovon hayotiga ishonch bilan yashamoqda. Qisqa muddat ichida ona Vatanimiz tanib bo‘lmas darajada gullab yashnadi. Har bir sohada katta-katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Chekka olis qishloqlarda zamon talabiga javob beradigan maktablar va kollejlar qurilib aholiga oliy darajada xizmat qilmoqda. Alloh taoloning bergan ne’matlariga doimo shukr qilib yashashimiz lozim. Zero, noshukrlik katta ofatlarni olib keladi. Alloh taolo Qur’ni karimda Ibrohim surasining 7 oyatida: “Yana Robbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslang: “Qasamki, agar (bergan) ne’matlarimga shukr qilsanglar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordiyu noshukrlik qilsangizlar, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir”, deb marhamat qilgan. Har bir kishi bugun yashashi uchun kechagi kunini unitmasligi kerak. Kecha kim edimu bugun kim bo‘ldim. Kechagidan ko‘ra bugun yaxshi yashayapman deb shukr qilishi lozim.”, - deb aytganlari imom-xatiblarni yanada serg‘ayrat bo‘lishga undadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1337
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/bayram-oldidan-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 12:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing