O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ANONS."HIDOYAT SARI" KO‘RSATUVI

 
 

Har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi eng ustuvor vazifalardan biridir. Jismoniy va ma’naviy barkamollik kishini faqat ezgu maqsadlar tomon yetaklaydi. Muqaddas dinimiz ko‘rsatmasi ham aynan shudir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandlarning jismoniy va axloqiy tarbiyalariga alohida e’tibor qaratishga targ‘ib etganliklari ma’lum.

"O‘zbekiston" telekanalida efirga uzatilib boriladigan diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi "Hidoyat sari" ko‘rsatuvining 29 aprel (Juma) kunidagi soni "Sog‘lom ona va bola jamiyat tayanchi" mavzusiga bag‘ishlanadi. Ko‘rsatuvda boshlovchi - Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hamda Toshkent shahridagi "Abdulloh ibn Mas’ud" jome masjidi imom-xatibi Ergashali Mirzayev, "Mahkam ota" jome masjidi imom-xatibi Muhammadbobur Yo‘ldoshev, "Ahmadjon qori" jome masjidi imom-xatibi Muhammadiy Ergashev va Toshkent viloyatidagi "Oq ota" jome masjidi imom-xatibi Faxriddin Mirzayevlar ishtirok etadilar.

Ko‘rsatuv 29.04.2016y. (Juma) kuni soat 18:55 hamda takroran 02.05.2016y. (Dushanba) kuni soat 14:15 da "O‘zbekiston" telekanlida efirga uzatiladi. Ko‘rsatuvni o‘tkazib yubormang.

WWW.MUSLIM.UZ


Kiritilgan vaqti: 29/04/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1328
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/anonshidoyat-sari-korsatuvi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 14:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing