O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Anjuman tafsilotlari

 
 

2017 yil 15 noyabr kuni Andijon shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuida diniy soha xodimlarining Respublika anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb portali “muslim.uz” sayti ushbu anjuman tafsilotlari, muhokama qilingan masalalar haqida quyidagicha ma’lumot beradi:

Ushbu anjuman yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik va bag‘rikenglik timsoli ekanligini anglash muammo emas.

Anjumanda O‘zbekistonning xalqaro maydonda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida olib borayotgan siyosatining mazmun va mohiyati, mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirishda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar keng muhokama qilindi.

Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad Islom olamida kechayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning asl mazmun va mohiyati, kelib chiqishi va uning oqibatlarini muhokama etish hamda turli g‘arazli va terroristik holatlarni muqaddas Islom dini bilan bog‘layotgan kuchlarga nisbatan diniy soha xodimlarining yakdil munosabatini belgilash hamda ularga qarshi kurashish choralari to‘g‘risida kelishib olishdan iborat bo‘ldi.

Anjumanda notiqlar tomonidan Islom tinchlik dini, Islom terrorizmni qoralaydi, milliy tarbiyaning sharqona xususiyati, Diniy ta’lim tizimidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, Islom dunyosining qo‘lga kiritayotgan so‘nggi yutuqlari, dunyo hamjamiyatidagi voqe’liklar, dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan buzg‘unchilik va xunrezliklar Islomdan emasligi keng muhokama qilindi. Diniy mutaassiblik, aqidaparastlarning puch da’volariga raddiyalar, ular tomonidan dinni niqob qilib olib, dinimiz ta’limotlarini noto‘g‘ri talqin qilishlari, Islom dini faqat tinchlik va ezgulikka, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglikka chorlovchi din ekanligini xalqqa, jamiyatga keng yoyishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Respublika anjumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakillari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, imom-xatiblar ishtirok etdilar. Shuningdek, anjumanda Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari muftiylari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham qatnashdilar.

Anjuman qatnashchilari “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan fotoko‘rgazmada ham ishtirok etdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 948
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/anjuman-tafsilotlari
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 02:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing