O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Amallarning qaysi biri afzal?

 
 

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Namozning (nimasi) afzal?» deb so‘raldi. U zot:

«Qunut(qiyom)ning uzuni», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

Abu Dovud keltirgan rivoyatda:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan:

«Amallarning qaysi biri afzal?» deb so‘raldi.

«Qiyomning uzuni», dedilar», deyilgan.

Sharh: Ma'lumki, «Qunut» duosi ham namozda tik turib o‘qiladi. «Namozda qiyomni uzoq qilish uning eng afzal amali» deyish ushbu hadisdan olingan.

Abu Hanifa va Shofe'iy rahmatullohi alayhilar shu gapni ushlaganlar.

Boshqalar esa oldingi hadislardagi sajdaning fazli haqidagi gaplarni ushlab, «Namozning eng yaxshi, eng afzal amali sajda», deganlar.

«Hadis va hayot» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 15:42;   Ko‘rilganligi: 722
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/amallarning-qaysi-biri-afzal
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing