O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Alloh taoloni sevasiz-mi?

 
 

هل تحب الله ؟

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq", deganlar.

Demak, bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Allohni zikr qilasiz. Allohni zikr qilishning eng afzali Qur'on tilovatidir.

Quyosh chiqqandan so‘ng, bir necha daqiqa kutib, ikki rakat nafl namoz o‘qiysiz. Natijada haj va umra savobiga hamda boshqa ko‘plab ajrlarga ega bo‘lasiz. Gunohlaringiz o‘chiriladi. Alloh taolo yomon amallaringiz o‘rnini yaxshiliklar bilan to‘ldiradi.  

Ammo bunga amal qiladiganni men kabi boshqa odam bilan solishtirib ko‘ring. Bomdod namozini o‘qiydi-da, kechasi bilan bedor bo‘lganman, charchadim deydi-yu, krovatiga sakraydi va uyquga ketadi. Bu voqelik.

Aziz birodarlar.  

"Kim bir narsani sevsa, uni ko‘p zikr qiladi" degan qoida bor. Siz Allohni sevasizmi yoki yo‘q-mi?

Agar chindan ham Allohni sevsangiz, Uni ko‘p zikr qilishingiz kerak. Agar ko‘p zikr qilmasangiz, demak sevmas ekansiz.

Banda Yaratuvchisini tanisa-yu, lekin Uni sevmasligi mumkin-mi? Shunday bo‘lishi mumkin-mi? Shunday bo‘lishi mumkin-mi? Allohni tanisangiz, Uning quli ekanligingizni bilsangiz, Uning mehribon va rahmliligini, lutfu inoyatini ko‘rsangiz Uni sevmaysiz-mi?

Yaxshi, agar sevsangiz, Uni ko‘p zikr qiling!

 

  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/11/2020 10:16;   Ko‘rilganligi: 797
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/alloh-taoloni-sevasiz-mi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing