O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Aholi turmush tarzi o‘rganildi

 
 

Chorshanba. Ushbu kun Samarqand viloyati imom xatiblari uchun aholi turmush tarzini o‘rganishga alohida xoslangan kun hisoblanadi. O‘tgan yilning yoz faslidan boshlab samarqandlik imomlar har haftaning chorshanba kuni aholi yashash uylariga tashrif buyurib, turmush tarzlari bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashash ishlariga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.

Ushbu tadbir ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorlagini ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, yechimlar topish, turli ko‘ngilsizliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

31 oktyabr, chorshanba kuni ham ushbu anana davom ettirildi. Ko‘plab xonadonlarga tashrif buyurilib, aniqlangan ijtimoiy, ma’anaviy-axloqiy maummolarga doir yechimlar axtarildi. Ko‘plab pandu nasihatlar qilindi. Uzoq muddatga xorijda ishlab qaytganlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, viloyat bosh imom xatibi Bulung‘ur tumani hojilari bilan uchrashib, ular tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashga oid olib borilayotgan ishlar xususida suhbatlashdi. Ayrim tumanlardagi FHDYO bo‘limlarida yosh oila quruvchilar bilan oila muqaddasligi haqida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 31/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1443
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/aholi-turmush-tarzi-organildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing