O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

AHOLI BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

 
 

2016 yilning 21 dekabr kuni viloyatimizning Urgut tumanidagi qator mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi, viloyat IIB, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, “Kamolot” YOIH kabi qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Jumladan viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov hamda viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova uchrashuvlarda ma’ruzalari bilan faol qatnashdi.

Uchrashuvlar tumanning 8ta mahallasida o‘tkazildi. Ma’ruzachilar ikki guruhga bo‘lingan holda belgilangan soatlarda aholi bilan muloqotlar olib bordilar.

Tadbirlar davomida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning mudhish oqibatlari, vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga, vatan, millat, el-yurt taqdiriga daxldorlik, ogohlik, hushyorlikning ahamiyati, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng marhum Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar va hozirdagi amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Aholining barcha qatlamlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlar davomida muhim savol-javoblar olib borildi, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvlar asnosida mavzuga oid turli hujjatli filmlar ham namoyish etildi.



Kiritilgan vaqti: 21/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1415
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/aholi-bilan-uchrashuvlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 04:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing