O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Imom Moturidiy va Imom Buxoriy maqbalarini ziyorat qildi

 
 

Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyaning tanaffus vaqtidan foydalangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamkorligida Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi. Yuqori martabali mehmonga mazkur majmuaning obod qilinishi va kelgusidagi rejalar, Chokardiza qabristoni haqida batafsil ma'lumot berildi.

Misr bosh imomi ziyoratgohdan qaytish chog‘ida mazkur majmua rahbariga “Imom Termiziyga borsangiz misrlik shogirdingiz salom aytdi” deb o‘z salomini yetkazishni so‘radi.

         

Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy majmuasiga yo‘l oldilar. Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning ravzalari yonida tilovat va duo qilindi. Bir piyola choy ustida muftiyotlar o‘rtasida suhbat bo‘ldi.

Shuningdek, mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markaziga ham tashrif buyurdilar. Bu joyda markaz faoliyati bilan yaqindan tanishgan  Ahmad Muhammad Tayyib markazning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

  


Kiritilgan vaqti: 03/03/2020 13:07;   Ko‘rilganligi: 1085
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ahmad-muhammad-tayyib-boshchiligidagi-delagatsiya-imom-moturidiy-va-imom-buxoriy-maqbalarini-ziyorat-qildi
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 16:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing