O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Abdulloh ibn Abbos” masjidiga imom-xatib tayinlandi

 
 

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov “Abdulloh ibn Abbos” masjidida peshin namozini jamoat bilan birga ado etdi. Shundan so‘ng masjiddagi yangi tayinlov haqida namozxonlarni xabardor qildi. Masjidda ko‘p yillar davomida xizmat qilgan marhum Abdurahmon domla Davronov vafot etganlaridan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining buyruqlari asosida Samarqand shahar “Abdulloh ibn Abbos” masjidiga Yoqub Xolmurodov imom-xatib vazifasiga tayinlandi.

Shahar bosh imom xatibi Yoqub Xolmurodovni jamoatga tanishtirar ekan kelgusidagi faoliyati davomida masjid jamoati, mahalla ahli va aholiga muqaddas dinimiz arkonlarini yetkazish va turli yot g‘oyalar ta'siridan yoshlarni asrash kabi ishlarda Alloh taolodan madad so‘rab duo qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/11/2020 16:19;   Ko‘rilganligi: 1202
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/abdulloh-ibn-abbos-masjidiga-imom-xatib-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 19:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing