Xabarlar

Narpay tuman imom xatiblarining xayriyasi

Bu yil xalqimiz boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazmoqda. Xususan, “Sardoba” suv omboridagi toshqin katta talafot yetkazdi. Saxovatpesha xalqimiz talafot joyiga oshiqib, aziyat chekkan aholiga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bundan yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlar singari biz imom xatiblar ham chetda qolayotganimiz yo‘q.

 

RAMAZON OYINING XURMATINI KETKAZIB QO‘YMANGLAR.

Bu sanoqli oz kunlardir. Muborak Ramazon oyi qaytib kelmoqda. U qadrli, sahovatli va muqaddas bo‘lib arab va Islom olamimiz o‘lkalariga qaytmoqda. Hammalaringizga ma'lum Ramazon oyining ro‘zasi Islom arkonlarining eng ulug‘laridan biridir. Lekin ushbu arkonni bajara olmay o‘tkazib yuborgan, shahvati o‘ziga g‘olib kelib ro‘za tutishdan yuz o‘girgan kishi bu oyning hurmatini taqdirlashni qo‘ldan boy bermasligi lozim. U ushbu nishonning ehtiromini yo‘qotmasligi kerak. Uning Islom arkonlaridan biri bo‘lgan Ramazon oyi ro‘zasiga e'tibor bermay qo‘yishidan qat'iy nazar Ramazon oyining o‘zi Islom nishonlarining eng ulug‘laridan sanaladi. Alloh azza va jalla o‘zining mukammal Kitobida o‘z so‘zini rost aytgan;

 

“Sirdaryoliklarga ko‘mak” aksiyasida samarqandliklar faol

“Sirdaryoliklarga ko‘mak” aksiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar imom-xatiblari juda faol ishtirok etmoqda. Kuni kecha Samarqand viloyatidagi ayrim jome masjidlar imom-xatiblari tomonidan mehr-saxovat yuklari yurtdoshlarimizga yetkazildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audio xabarga munosabat

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki O‘zbekistondagi jome masjidlarda shu yil 6 maydan e'tiboran taroveh va juma namozlari o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan audioxabar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing