Xalqaro hamkorlik

Pokiston muftiysi Samarqandga tashrif buyurdi

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi bosh muftiysi Muhammad Rofe' Usmoniy bugun, 9 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmon Samarqandga tashrifining avvalini Imom Buxoriy hazratlarining hokipoklarini ziyorat qilishdan boshladi. Hadis ilmining sultoni, buyuk muhaddis Imom Buxoriy haqlariga tilovat va duolar qilindi. Shundan so‘ng mehmonni Imom Buxoriy majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari qabul qildi. Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rofe' Usmoniy hafizahullohning O‘zbekiston zaminiga qilgan tashrifi bilan qutlab, yurtimizda olib borilayotgan diniy islohatlar va yangiliklar bilan tanishtirdi. Do‘stona o‘tgan muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy soha va ta'lim yo‘nalishida fikr almashishga kelishib oldilar.

 

IMOM BUXORIY MAJMUASIGA BANGLADESh XALQ RESPUBLIKASI PREZIDENTI MUHAMMAD ABDUL HAMID TASHRIF BUYURDI

18 iyun kuni yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

 

Markazga AQSHning Darelsalam islamic world travel sayyohlik shirkati sayyohlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish, islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini tadqiq etishga katta e'tibor qaratilmoqda.

 

Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Pokiston Islom Respublikasining general Sodiq Ali boshchiligidagi delegatsiyasi bugun – 30 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

 

Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh Samarqandga tashrif buyurdilar

Bugun 2019 yilning 16 aprel kuni Islom dunyosining mashhur olimi Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston Vaqf fondlari rahbarlari uchrashdi

So‘nggi paytlarda qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatilgan aloqalarimiz tobora mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, Prezidentmiz Shavkat Mirziyoevning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlik borasida olib borayotgan amaliy ishlari natijasida barcha sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing