O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“TAFSIRI IRFON” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TMOQDA

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qalamlariga mansub “Tafsiri Irfon” nomli Qur'oni karim oyatlarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri to‘liq holda, 30 juzi 6 ta kitob qilinib nashr etilgani haqida xabar qilingan edi.

Bugun 3 oktyabr kuni Toshken shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” nomidagi majmuaning yig‘ilishlar zalida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlkatmizning yetuk diniy ulamolari, imom-xatiblar, adabiyotshunos olimlar va kitobxon mushtariylar qatnashmoqda.

Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda viloyatimizdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari ham ishtirok etmoqda.

Ushbu risola yurtimiz musulmonlarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshishida katta ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/10/2019 15:10;   Ko‘rilganligi: 1292
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/tafsiri-irfon-kitobining-taqdimoti-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 04:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing