O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

SAMARQANDDA 1000 TADAN ZIYOD XONODON XUSHNUD QILINDI

 
 

Ramazon oyini insonlar uchun hisobsiz ajr va foydalarga erishadigan mavsum qilgan Zot Alloh taologa hamdlar, najot va hidoyat elchisi bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi  va sallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom dinida o‘zaro mehr-oqibat, saxiylik, muhtoj kishilarga yordam berish va hojatbarorlik kabi xislatlarga keng targ‘ib qilingan. Azaldan bizni halqimiz ham bir-biriga nisbatan mehr-muruvvatli va oqibatli halq bo‘lgan. Darhaqiqat, inson nafaqat o‘zi haqida o‘ylashi, balki o‘zgalar dardi bilan ham hamnafas bo‘lib, qavmu qarindosh va mahalla ko‘y ichida boquvchisi yo‘q, qiynalganlarga taom berish, ularni holidan xabar olish, ularni mashaqqat va tashvishlarini aritish hamda mo‘min kishining og‘irini yengil qilish hissi bilan yashashga o‘rgangan.

Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boquvchisi yo‘q va muhtoj, miskinlarga yordam bergan kishi haqida shunday marhamat qilganlar: “Beva va miskinlarni boqish yo‘lida sa'y-harakat qiluvchi kishi huddi Alloh yo‘lida jiddu-jahd qiluvchi kishidek va kunduzi ro‘zador, kechasi esa ibodatda qoim bo‘lgan kishidek (ajr-savobga ega bo‘ladi)” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Muborak Ramazon oyi deyarli yakuniga yetib qoldi. Bu oyning o‘ziga xos xislatlari hisobsiz bo‘lib, ulardan biri bu xayru sahovat va mehr-oqibat fazilatlaridir.

Ramazon hayti munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan “Har bir hududga 1000 ta xonodon” loyihasi asosida nafaqat moddiy balki, ma'naviy yordamga muhtojlar 1000 (bir ming) nafardan ziyod fuqorolarni qo‘llab quvvatlash va ularni qalblariga ozgina bo‘lsada surur kirgizish maqsadida bayram dasturxoni uchun kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ularning uylariga yetkazib berildi.

Keling azizlar! har birimiz yon atrofimizdagi ko‘makka muhtojlarning holidan xabar olib tursak hamda moddiy va ma'naviy ko‘makda bardavom bo‘lsak ulkan ajru-savoblarga erishamiz va Alloh taoloning huzurida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi, inshaalloh!

 

 

 

 

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/05/2020 16:03;   Ko‘rilganligi: 222
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/events/samarqandda-1000-tadan-ziyod-xonodon-xushnud-qilindi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 08:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing