O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

O‘quvchilarga Missionerlik va uning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi

 
 

Samarqand shahar Xalq ta'limi boshqarmasining tashabbusi bilan 33-maktabda o‘quvchi yoshlar bilan “Missionerlik va uning mazmun mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan mutaxassislar missionerlik, uning kelib chiqishi va oqibatlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berdi. Jumladan, Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidi imom xatibi Faxriddin Xusenov ham so‘zga chiqib, “Missionerlik - biror dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishdir. Missionerlik davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini izdan chiqaradi. Yaxlit bir xalq va millatni parokandalikka olib kelib, ularni guruh va tabaqalarga bo‘lib yuboradi. Oqibatda aholining asrlar osha shakllanib kelgan milliy va diniy qadriyatlari oyoqosti bo‘lishiga va nihoyat, yo‘qolib ketishiga olib keladi. Missionerlik keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ba'zi davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda” dedi.

Darhaqiqat, yoshlarimizning axborot bo‘shlig‘ini turli tashqi tahdidlardan asrashimiz, buning uchun esa ularda mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularni miliy-ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashimiz lozim bo‘ladi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/09/2019 13:12;   Ko‘rilganligi: 1420
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/oquvchilarga-missionerlik-va-uning-mazmun-mohiyati-haqida-tushunchalar-berildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 03:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing