Tadbirlar

Safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan Umra ziyoratiga boruvchilarga safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ziyoratchilar guruhiga biriktirilgan guruh rahbari ular bilan bir necha marta uchrashib, ziyorat va safarning shartlari va odoblari, mehmonxona va aeroportlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida tushunchalar berib boradi. 30 dekabr kuni muborak safarga yo‘l oladigan ziyoratchilarning bir guruhiga boshchilik qiluvchi A. Murodov hamsafarlari bilan uchrashib, zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi hamda ular uchun taqdim etilgan safar anjomlarini ulashdi.

 

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatiga safarlari mobaynida hududdagi yordamga, mehr va muruvvatga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar bilan ham uchrashib, ular bilan dildan suhbat qurdilar.

 

“Mehr” inosonparvarlik operatsiyasi orqali Vatanga qaytarilgan shaxslarga mehr ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, bir qancha vatandoshlarimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgan edi. Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilib, ularning tinch hayotga qaytishi, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratildi, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘rildi.

 

Xorijdan qaytib kelganlar bugun nima bilan band?

Imom-xatiblar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha mahallalarda xorijga ishlash va o‘qishga ketib, O‘zbekistonga qaytib kelgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Suhbat jarayonida ularning xorijdagi safari, hozirgi turmush sharoiti, mavjud muammolari o‘rganilib, mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta'minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, bilimlarini oshirish, bandligini ta'minlash bo‘yicha ham zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

         Ishtixon tuman bosh imom-xatibi A.Yaqubov va tumandagi barcha imom-xatiblar  uzoq muddat xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning safar ta'surotlari, hozirgi yashash tarzi, tug‘ilib o‘sgan vatani, dinimiz, milliyligimizga  sadoqatli bo‘lish borasida tushunchalar berib kelmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Savob ishni har kun, har kim qilish kerak

Samarqand shahridagi “Hamid Olimjon” nomli Samarqand viloyat musiqali drama teatri binosida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat, jamoat tashkilotlari, muassasalar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va Samarqand shahar masjidlarining imom-xatiblari qatnashdi. Tadbir davomida mamlakatmizda bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar hamda ularga qaratilayotgan e'tibor borasida so‘z yuritildi.

 

Imkoniyati cheklanganlar bilan mavlud tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidida "Vaqf" xayriya jamoat fondi viloyat filali hamkorligida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ishtirokida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan oylari munosabati bilan Mavlud tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili, surdo tarjimoni Rustam Berdiyev hamda “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom xatibi Yoqub Mansurovlar ishtirok etdi. Viloyat bosh imom-xatibi so‘z olib, yig‘ilganlarga Payg‘ambarimiz alayhissalomning nasl-nasablari, tug‘ilishlari, hayotining dastlabki yillari va mana shu davrda u zot bilan sodir bo‘lgan mo‘jizalar haqida gapirib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, amalga oshirgan ishlari haqida keyingi uchrashuvlarda yana suhbatlar bo‘lishi ta'kidlandi.

 

O‘z joniga qasd qilish o‘zini-o‘zi do‘zaxga otishdir

Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib yaratgan. Inson mo‘min bo‘lsin yoki bo‘lmasin, u insonligi uchun azizdir. Alloh taolo insonga omonat qilib hayotni, umrni bergan. U inson bu umridan to‘g‘ri foydalanishi, Alloh qaytargan ishlardan saqlanishi lozim bo‘ladi. Chunki bizdagi jon, bizdagi a'zolarning egasi biz emasmiz. Bularning barchasi Alloh taoloning mulkidir!

 

Mustahkam oila mas'uliyati

Alloh taolo insonlarni oila qurishga chaqiradi. Oila Yaratganning roziligini topish, Payg‘ambarimiz alayhissalom axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida e'tibor beradi.

   

 

Keksalarning hayotiy tajribasidan unumli foydalanaylik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Agar orangizda munkillagan qariyalar, o‘tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar yomg‘irdek yog‘ilgan bo‘lardi”. Bu hadisdan  Alloh taolo keksalarning duosi va go‘daklarning begunohligi tufayli xalqlarni o‘z panohida asrashi, turli balo-ofatlardan omon saqlashi ayon bo‘ladi. Ayrim kishilar keksalar, qari ota-onalarini “hech narsaga yaramaydi, boru yo‘g‘ining ahamiyati yo‘q” degandek nazar bilan qaraydilar. Vaholanki, ularning orasimizda bo‘lishining o‘zi katta “davlat” ekan, tinch-xotirjamlikda yashashimiz uchun ular bir sababchi ekan.

 

ILMNI YETKAZISH FAZLILATLI AMAL

Hozirgi imom-xatib nafaqat masjidda jamoatga namoz o‘qib berishi, ma'raka marosimlarda ishtirok etishi, balki aholi, ayniqsa yoshlarning ta'lim tarbiya, odobu axloq, dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishida o‘z hissasini qo‘shib bormog‘i lozim.

 

Bulung‘ur tumanida xatna-sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi To‘lqin hoji Ravshanov boshchiligida tumandagi to‘rt nafar va boshqa tumanlardan o‘n sakkiz jami yigirma ikki nafar  kam taminlangan oila farzandlariga homiylarni jalb qilgan holda xatna to‘yi o‘tkazildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

“TAFSIRI IRFON” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TMOQDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qalamlariga mansub “Tafsiri Irfon” nomli Qur'oni karim oyatlarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri to‘liq holda, 30 juzi 6 ta kitob qilinib nashr etilgani haqida xabar qilingan edi.

 

Mirsaid Baraka mahallasida tadbir bo‘lib o‘tdi

Ne'matlarning davomiy bo‘lishi esa o‘sha ne'matlarga shukr qilish bilan bo‘lishi muqaddas diniy manbalarimizda qayd etilgan. Bugungi kunda dunyodagi ma'rifatli xalqlar yurt tinchligi - taraqqiyotining asosiy sharti, garovi ekanligini yaxshi anglab yetmoqdalar. Shuning uchun ham  yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash faqat bir xalq yoki mamlakatning emas, balkim butun insonlarning muqaddas burchlaridir.

 

O‘quvchilarga Missionerlik va uning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi

Samarqand shahar Xalq ta'limi boshqarmasining tashabbusi bilan 33-maktabda o‘quvchi yoshlar bilan “Missionerlik va uning mazmun mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

O‘quvchi va ularning ota-onalari bilan tadbir o‘tkazildi

2019 yil 10 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisod kollejida o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan “Ota-onaning farzand oldidagi burchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing