Axborot xizmati

MA’RIFIY TADBIR

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Samarqand shahar “Kamolot” MFY hududida joylashgan 13-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar iidorasi Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, Samarqand shahar otinoyilari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

 

IMOM XATIBLAR FAOLIYATIDAN

13 sentyabr kuni Samarqand shahar, “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi J.Xotamov tomonidan, homiylarni jalb qilgan holda, 10-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Qurbon hayiti munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. Qutlug‘ bayram kunlari bolalar qalbiga xushnudlik ulashish maqsadida amalga oshirilgan ushbu tadbirda so‘zga chiqqan J.Xotamov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bugungi kunda yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘qib-izlanib, yetuk kadr bo‘lib yetishishlarini tiladi.

 

HOJILARIMIZ EHROM LIBOSIDAN CHIQDILAR

Muzdalifa maydonida ibodatlarini nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz qatorida samarqandlik hojilar ham Mino vodiysiga sog‘-salomat qaytib keldilar. Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladilar va ular uchun tayyorlangan jonliqlar qurbonlik qilingandan so‘ng, sochlarini oldirdilar va shu kunning o‘zida yetti donadan shaytonga tosh otib, ehrom libosidan chiqdilar.

 

QURBON HAYITI OLDIDAN

2016 yil 10 sentyabr kuni Samarqand tuman Urganji mahallasida “Istiqlol in’om etgan ne’matlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, tuman bosh otinoyisi A.Rahmatova ishtirok etib, istiqloldek nurafshon kunlar shukronasida bo‘lish lozimligi, ushbu baqt esa bevosita Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.

 

QURBON HAYITI OLDIDAN YIG‘ILISH

2016 yil 8 sentyabr kuni Samarqand viloyati vakilligi binosida shahar va tuman bosh imom xatibilari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imomlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Muborak Qurbon hayitini munosib nishonlash va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, ibodat qiluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etishga oid masalalar muhokama etildi. Namozxonlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning emin-erkin ibodat qilishlarga sharoit hozirlash ustuvor maqsadimiz ekani, bu borada imom-xatiblar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilishi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan TA’ZIYA

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroilga: «Alloh falonchini yaxshi ko‘radi, sen ham uni yaxshi ko‘rgin!» deb nido qiladi. Keyin Jabroil ham uni yaxshi ko‘radi va osmon ahli ichida: «Albatta, Alloh taolo falonchini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar!» deb nido qiladi. Keyin osmon ahli ham uni yaxshi ko‘radi. So‘ngra unga nisbatan yerda (ya’ni, yer yuzidagi odamlarning qalbida) maqbullik (ya’ni, rozilik va muhabbat) o‘rnatiladi. (Muttafaqun alayh)

 

HAR BIR MASJID YIGIRMA BESh XONADONGA

Mustaqillik arafasida Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjidlar imom xatiblari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda “har bir masjid yigirma besh xonadonga” tamoili ostida qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Jumladan:

 

IMOMLARIMIZ O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL KO‘KRAK NISHONI SOHIBI

30 avgust kuni Samarqand viloyati bo‘ylab joylarda «O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoniga munosib ko‘rilgan nomzodlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

SAMARQANDLIK HOJILARNI KUZATISH NIHOYALANDI

30 avgust kuni Haj-2016 mavsumi doirasida samarqandlik hojilarning so‘ngi guruhlarini viloyat xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, aeraport yonidagi go‘zal mehmonxona hovlisida ziyofat dasturxoni tashkil etilib, bo‘lajak hoji ota va hoji onalarning duolari olindi. Viloyat rahbarlari va barcha kuzatuvchilar tomonidan safarlari bexatar bo‘lishini, muqaddas Makka va Madina zaminlariga borganlarida yurtimiz, xalqimiz haqqiga ko‘plab duolar qilishlarini so‘rab, oq yo‘l tilandi.

 

SAMARQANDLIKLAR HAJ SAFARIGA OTLANISHDI

28 avgust kuni Haj-2016 mavsumi doirasida samarqandlik hojilarning dastlabki guruhlarini viloyat xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, aeraport yonidagi go‘zal mehmonxona hovlisida ziyofat dasturxoni tashkil etilib, bo‘lajak hoji ota va hoji onalarning duolari olindi. Viloyat rahbarlari va barcha kuzatuvchilar tomonidan safarlari bexatar bo‘lishini, muqaddas Makka va Madina zaminlariga borganlarida yurtimiz, xalqimiz haqqiga ko‘plab duolar qilishlarini so‘rab, oq yo‘l tilandi.

 

TUMAN MASJIDLARIGA TASHRIF

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan eng aziz va eng ulug‘ bayram yurtimiz mustaqilligining 25 yilligini munosib nishonlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan viloyatning chekka tumanlari va chegaraoldi hududlarida joylashgan masjidlarga juma namozini ado etish va o‘sha atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nogironlar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish maqsadida malakali imomlar safarbar etildi.

 

HAR BIR MASJID YIGIRMA BESh XONADONGA TAMOYILI OSTIDA XAYRIYALAR

Jonajon yurtimiz istiqlolining 25 yilligi arafasida viloyatimiz imom xatiblari tomonidan “Har bir masjid yigirma besh xonadonga" tamoyili ostida xayriya ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda.

 

MILLIY VA DINIY BAG‘RIKENGLIK BARQARORLIK OMILI MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR

2016 yil 25 avgust kuni Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hamda Samarqand davlat chet tillari institutida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

ISTIQLOL EZGULIK DEMAKDIR

Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa bayramlar arafasida bunday xayriyalar yanada jadallik bilan olib boriladi.

 

HASHAR HAMJIHATLIK NAMUNASI

2016 yilning 20-21 avgust kunlari Mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mamlakatimizda mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tizimidagi mavjud 285 masjid va ziyoratgohlar, bularga tutash qabristonlarda “Umumxalq xayriya hashari” bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing