Axborot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020 yil Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi BYOYONOTI

Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bo‘lgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har yili butun dunyo mo‘min-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz Iydul fitrni ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik ila nishonlaydilar.

 

SAMARQANDDA 1000 TADAN ZIYOD XONODON XUSHNUD QILINDI

Ramazon oyini insonlar uchun hisobsiz ajr va foydalarga erishadigan mavsum qilgan Zot Alloh taologa hamdlar, najot va hidoyat elchisi bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi  va sallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

 

USTOZLAR DUOSI IJOBAT!

Inson ma'naviy kamolotga, ikki dunyo saodatiga ustoz va murabbiylar tarbiyasisiz erisholmaydi. Ma'naviyat moddiyatdan ustun bo‘lganidan ustoz-muallimlar har bir davrda e'zozlangan.

 

QADR KECHASIDAGI ONLAYN QUR'ON XATMONASIGA MARHABO!

Ramazon oyining bezagi bo‘lmish Qur'oni karimni xatm qilish o‘lkamizda go‘zal an'anaga aylangan. Allohning kalomi qalblarga shifo, dillariga surur, ruhlariga quvvat bag‘ishlaydi. Yurtimizda shahri Ramazonning har oqshomida Ilohiy kalom sadolari yangramoqda.

 

MUROJAAT!

Hurmatli mo‘min-musulmonlar! Insha Alloh bugun Ramazon oyining “Laylatul qadr” kechasi. Barchamiz bu kechani o‘z xonadonlarimizda oila a'zolarimiz bilan o‘tkazamiz.
Ma'lumki, ushbu sinovli kunlarning talablariga hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashining qarorlariga rioya etishimiz zarur. Zero, itoatkorligimiz uzimizning va yaqinlarimizning hayotlarini asrab qolishimizga asos bo‘ladi.

 

Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag‘firat va'da qilindi. Dastlabkisida “Kim Ramazon ro‘zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim Ramazon oyida imon va ajr umidida qoim (tunda bedor) bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan va oxirgisida “Kim qadr kechasida qoim bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deb aytilgan. Agar uchinchi jumlaga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, faqat bir kechani ibodatda o‘tkazishlik uchun shunchalik ko‘p savob va'da qilinyapti. Qur'oni karimda esa uni ming oydan afzalligi aytilgan. (Qadr surasi). Bu qadar fazilatga ega kechaning qaysi ekanligini bilish hammamiz uchun ham ahamiyatlidir.

 

Narpay tuman imom xatiblarining xayriyasi

Bu yil xalqimiz boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazmoqda. Xususan, “Sardoba” suv omboridagi toshqin katta talafot yetkazdi. Saxovatpesha xalqimiz talafot joyiga oshiqib, aziyat chekkan aholiga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bundan yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlar singari biz imom xatiblar ham chetda qolayotganimiz yo‘q.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing