Axborot xizmati

20 AVGUST – HIJRIY 1442 YILNING BIRINCHI KUNI

Joriy yiilning 20 avgust kunidan hijriy-qamariy 1442 yil boshlanadi. Uning birinchi oyi Muharram oyidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar.

 

Muharram oyi fazilatlari

Alloh taolo o‘ta mehribon va karami keng, fazli ulug‘ va hikmati benazir Zotdir. Zotan, buyuk Alloh yaratgan mavjudotlarining ba'zisini ba'zisidan o‘zining hikmati o‘laroq fazilatli qilib qo‘ygan.

 

Bulung‘ur tuman hokimligida ijtimoiy masalalar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 19-avgust kuni Bulung‘ur tuman hokimligida, tumandagi barcha imom-xatiblari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni  viloyat hokimi o‘rinbosari D. Mamadqulov, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari H. Sattarov olib bordi. Kun tartibidagi maslalardan birinchi hududda diniy, vaziyatni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, chegarada joylashgan mahalla aholisi bilan doimiy ishlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

 

Karantin qoidalariga amal qilish orqali masjidlar sha'nini saqlaylik!

ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ

Ana shunday. Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir. (Haj surasi, 32-oyat).

 

KARANTIN PAYTIDA SAFDAGI ORALIQ MASOFANI SAQLASH NAMOZNI NUQSONLI QILADIMI?

483-CAVOL: Masjidlar ochilib yana jamoat namozlari o‘qila boshlandi. Lekin saflar orasini ochib, namozxonlar bir-biridan uzoqlashib namoz o‘qiyapmiz. Bu namozimizga nuqson yetkazmaydimi?

 

Masjidlarda jamoat shukuhi

Bugun erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab mo‘min-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini o‘qish uchun iymon va ixlos bilan,  orziqib kutgan kunlarimizga erishdik. Biz bu daqiqalarni intiqlik bilan kutdik. Masjidlarni ochilishi musulmonlarga quvonch bag‘ishlamoqda.  Shuncha vaqtdan beri endi masjid ostonasidan qadam bosib kirish insonni qalbini yig‘latadi, qadriga yetishga,  Allohning baytini asrab avaylashga undaydi.   Jamoatda Allohning baytida ko‘zlar bir birini ko‘rganda, qo‘llar duolarga ochilganda, qalblar robbiga bog‘langanda, so‘raylikki, bu kunlar bardavom bo‘lsin,  Alloh bemorlarga shifo bersin, barcha yurtdoshlarimiz sihat-salomat bo‘lsinlar.

 

Yurtimiz bo‘ylab karantindan keyingi ilk jamoat namozi yuqori kayfiyatda ado etildi (FOTOLAVHA)

Bugun erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab mo‘min-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini o‘qish uchun iymon va ixlos bilan, katta entikish va cheksiz xursandchilik tuyg‘usi bilan jome masjidlarga oshiqdi.

 

ONLAYN: Subhidamda Qur'on va duoga marhabo!

Shu yil 17 avgust kuni tonggi soat 04:00 dan boshlab, besh oylik to‘xtalishdan so‘ng ilk bomdod namozi, azon sadolari, ma'rifiy suhbat, Qur'on tilovati va mustajob duolar internet televideniya ITV  va ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etiladi.

 

Masjidlar ochilishi shukronasi, kasalliklar daf bo‘lishi uchun Qur'on xatm qilaylik!

Allohga shukrki, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2071 ta jome masjid o‘z eshiklarini yana ochmoqda. Haqiqatan, barchamiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘indik. Zero, jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz va qilinajak duolarda ko‘p xayr bor, balolarning daf bo‘lishiga umid bor.

 

Sifatli onlayn darslarni tashkil qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Shu yil 13 avgust kuni Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘qituvchi-pedogoklar uchun onlayn darslarini sifatli tashkil qilish mavzuida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Yer sharida azon sadosi to‘xtovsiz yangrab turadi

«Allohu akbar! Allohu akbar!» so‘zlari bilan boshlanuvchi kun xuddi shu kalom bilan nihoyasiga yetadi.

 

Samarqandda masjidlar ochilishiga tayorgarlik ko‘rilmoqda

Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan masjidlarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

 

Munosabat: Masjidlar har kuni ishlaydi!

Allohga shukrki, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2070 ta jome masjid o‘z eshiklari yana mo‘min-musulmonlarga ochadi. Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘inishdi. Masjidlar ochilishi xabari, hech shubha yo‘qki, ko‘ngillarni shod qilgan mujda bo‘ldi.

 

Qalbaki taqvim xarid qilishdan saqlaning!

Shu kunlarda yurtimizning ayrim hududlarida hijriy 1442 yil uchun (milodiy 2020-2021 yil) mo‘ljallangan namoz vaqtlari taqvim kitobining qalbaki nusxasi tarqatilayotgani kuzatilgan.
Ta'kidlaymizki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan shakllantirilgan, soha mutaxassislari va astronomiya instituti bilan muvofiqlashtirilgan haqiqiy namoz vaqtlari taqvim kitobi ayni paytda Diniy idora huzuridagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etish jarayonidadir.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar faoliyatiga doir izoh berdi

Izoh: diniy ibodatlarni bajarish yuzasidan

✅Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e'tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing