Axborot xizmati

Fransiya prezidenti mamlakatdagi musulmonlarni himoya qilishga va'da berdi

Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanyuel Makron Bayonna shahridagi masjidga qilingan tajovuzni qoralashini bildirib, islom diniga e'tiqod qiluvchi fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirilishini qayd etdi.

 

Safarning ham o‘z qoidalari bor

Bugungi kunda ko‘plab O‘zbekistonliklar xorij mamlakatlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqdalar. Ular orasida ayollar va yoshlar ham bor. Hozirgi kunlarimizda ham xorijga ketayotganlar va bir muddat xorijda bo‘lib vataniga qaytib kelayotgan fuqarolar har bir mahallada, har kuni uchrab turibdi. Kim qayerda mehnat qilish bu uning istagi. Ana shu xorijga, o‘qish va yoki boshqa maqsadlarda ketayotgan fuqarolarimiz munosib shart-sharoitlarda mehnat qilishlari, salomatligini asrash va adashib turli terroristik va ekstremistik tashkilotlar hamda islom dinini niqob qilib olgan guruhlar va sektalar ta'siriga tushib qolmasliklari, o‘zligini yo‘qotmaslik, shu bilan birga har xil kasalliklarni orttirib olmaslik, o‘z Vatani va oilasiga sadoqatli bo‘lib qolishlari muhim sanaladi.

 

Samarqandda 2021 yilda qurilishi mo‘ljallanayotgan xalqaro aeroport

Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminalining loyihasi tanlandi, deb xabar berdi "O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturi.

 

Odam bolasining uch toifa so‘zi uning foidasigadir

Jomboy tumanidagi “Ko‘kto‘nli bobo” jome masjidi imom-xatibi Nurbek Xidirov ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha Jomboy tumanida tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan ta'lim muassasalari, mahallalar, tashkilotlar va xonadonlarda bo‘lib, aholini ayniqsa yoshlarni turli buzg‘unchi oqimlarning ta'siriga tushib qolishini oldini olish, tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, yosh avlodni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning holidan xabar olib, ularning jamiyatga moslashishlari yo‘lida yordamlashish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlar va diniy-ma'rifiy uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.

 

Viloyat vakilligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi Toyloq, Oqdaryo va Payariq tumanlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va vakil o‘rinbosarlari qatnashdi.

 

Viloyat bosh imom-xatibi joylarda bo‘lib imom-xatiblar bilan uchrashdi

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov bugun Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Nurobod tumanlarida bo‘lib, imom-xatiblar, aholi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan uchrashdi.

 

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Abdulg‘ani Abdulloh

Abdulg‘ani ibn Ibrohimxo‘ja 1928 yili tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasini va Toshkent pedagogika institutining (hozirgi pedagogika universiteti) tarix fakultetini bitirgan, Misrning “Al-azhar” dorilfununida o‘qigan. Arab, fors, turk, ingiliz, farang, dariy tillarini puxta bilardi. Yigirma bir yil “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali bosh muharriri, keyinchalik O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisining noibi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi bo‘lib ishladi. Imom Buxoriy “Al-jome' as-sahih” kitobining 4-jildini arabchadan tarjima qilgan, “Islom odob-axloqi”, “Shariat ahkomlari”, “Musulmonlik haq-huquqlari va vazifalari” kabi asarlari chop etilgan. 1999 yili Toshkentda vafot etgan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 24-bet.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Tinchlik buyuk ne'mat

Tayloq tumani bosh imom xatibi Bekmurod Ismoilov tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan 20-maktabda bo‘lib, 9-10-sinf o‘quvchilari bilan  ekstremizm, terrorizm balosi, tinchlik ne'matining qadriga yetish mavzularida davra suhbati o‘tkazdi.

 

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Yusufxon Shokirov

Yusufxon Olimxon to‘ra o‘g‘li 1926 yili tug‘ilgan. Ilk saboqni otasidan olgan, 1948-1955 yillari Buxorodagi “Mira Arab” madrasasida, 1955-1961 yillari Misrdagi “Al-azhar” dorilfununining arab tili fakultetitda o‘qiydi. 1981 yildan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, 1975-1977 yillari idora raisining o‘rinbosari, 1977 yili raisga bosh maslahatchi bo‘lib ishladi. 1975 yili Moskvada nomzodlik ilmiy ishini himoya qilgach, Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, keyin Toshkent Islom oliy ma'hadida tafsir va hadis, arab adabiyoti, balog‘at fanlaridan dars berdi. Arab, ingiliz, rus, turk, fors tillarini mukammal bilgan. “Islomiy e'tiqod”, “Islom shari'ati asoslari” va boshqa asarlari chop etilgan. 2000 yil Toshkentda vafot etgan.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

Allohning masjidlarini obod qiluvchilar

Jomboy shahrida joylashgan “Islomobod” jome masjidi 1990-1995 yillar davomida hashar yo‘li bilan barpo qilingan. Masjidning hajmi 18,0 m x 360,0 m.ga teng. Uning qurilishida o‘sha davrdagi masjid imom-xatibi Tursunqulov domla Abdurahmonovning ko‘p xizmatlari singan.

2000 yildan buyon “Islomobod” jome masjidiga Xayrulloh domla Sattarov imom-xatiblik qilib kelmoqda. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, domla masjid imomligi bilan birgalikda 2017 yilga qadar Jomboy tuman bosh imom-xatibi vazifasida ham xizmat qildi. 2017 yildan hozirgi qadar Samarqand viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari vazifasida ham ishlab kelmoqda.

 

“Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling”

Islom ta'limotga ko‘ra, tinch aholi ustiga bostirib kirish, ularni vahshiylarcha bo‘g‘izlash, uylarini vayron qilish aslo mumkin emas.  Odamlar bilan tinch va totuv hayot kechirish kerak. Alloh taol o‘z kalomida: “(Ey, Muhammad!) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o‘zi Uning yo‘lidan chalg‘igan kimsalarni yaxshi biluvchi va hidoyat topganlarni ham U biluvchiroqdir”, deydi (Nahl, 125).

 

IDORADA ISHLAGAN IBRATLI INSONLAR Shayx Ismoil Maxdum Sattiyev

Ismoil Sotti Oxund o‘g‘li 1908 yili Namanganda tug‘ilgan. O‘n uch yoshida Qur'oni karimni yod olgan. Namangandagi “Mulla Qirg‘iz” madrasasida tahsil ko‘rgan, tafsir, hadis, fiqh ilmlarini puxta egallagan. Bir muncha vaqt imom-xatiblik va maktabdorlik qildi.

 

Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi

Samarqand shahar "Xo‘ja Nisbatdor" jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon Samarqand davlat universitetining Geografiya va Fizika fakultetlari talabalari bilan “Ma'rifiy Islom - aqidaparastlikni qoralaydi”,  “Manaviyatimizga tahdid - kelajagimizga tahdid” mavzularida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi.

 

Yiqilganni suyash – savobli amal

Samarqand viloyatida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari bilan ishlashda tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi

urizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili Sherzod Sultonovning ma'lum qilishicha, “Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi e'lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Unga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing