O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

AZON (AYTISH)NING BOSHLANISHI

 
 

١٥- كتاب الاذان

  1. AZON KITOBI

١- باب بدء الأذان

1-BOB

AZON (AYTISH)NING BOSHLANISHI

  1. Nofe' xabar qiladi:

“Ibn Umar roziyallohu anhumo aytar edi: “Musulmonlar Madinaga kelishganida to‘planib, namoz vaqtini belgilab olishardi. Unga (namozga) chaqirilmas edi. Bir kuni shu haqda gaplashib qolishdi. Ba'zilari: “Nasroniylarning zangi kabi zang qilib olinglar”, desa, ba'zilari: “Yahudiylarning muguzi (hayvon shoxi) kabi burg‘u (ichi shox shaklidagi kengayib boruvchi puflab chalinadigan asbob) qilib olinglar”, dedi. Shunda Umar: “Namozga chaqiradigan bir kishini qo‘ymaysizlarmi?” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Bilol, tur, namozga chaqir!” dedilar”.

 

(Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)


Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 16:15;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/azon-aytishning-boshlanishi
Chop etilgan vaqti: 23/01/2020 18:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing