O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Тазкия

Alloh bandalariga Mehribondir

 
 

Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.

“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:

Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.

“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:

- Bir kishiga shukr qilishni nasib etgan bo‘lsa, unga (ne'matining) yanada ziyodasini ham tayyorlagan bo‘ladi;

- Duo qilishni nasib etganmi, duosining qabulini tayyorlab qo‘yibdi;
- Istig‘for aytishni bergan bo‘lsa, mag‘firat (kechirish)ni tayyorlagan bo‘ladi;
- Tavbani beribdimi, qabulini ham tayyorlabdi;
- Sadaqa berishni nasib etgan bo‘lsa, qabul etilishini ham hozirlab qo‘ygan” (Tabaroniy rivoyati).

Olimlarning ko‘pchiligi aytadi: “Tafakkur besh xildir va ulardan besh narsa yuzaga keladi:

  • Allohning oyatlarini tafakkur qilish- bundan tavhid va sobit imon yuzaga keladi;
  • Alloh baxsh etgan ne'matlarni tafakkur qilish- bundan muhabbat (ilohiy ishq) yuzaga keladi;
  • Allohning va'dasini tafakkur qilish- bundan rag‘bat paydo bo‘ladi;
  • Allohning qaytarig‘ini (ilohiy tahdidni) tafakkur qilish- bundan haybat (Allohdan qo‘rquv) paydo bo‘ladi;
  • Allohning shuncha fazlu ehsoniga qaramay, bandalikni ado etishdagi kamchiliklarini tafakkur qilish- bundan hayo yuzaga keladi.

Alijon YAQUBOV - Ishtixon tuman bosh imom xatibi         

 


Kiritilgan vaqti: 02/12/2019 13:57;   Ko‘rilganligi: 1374
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/tazkiyah/alloh-bandalariga-mehribondir
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 13:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing