O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Umr saboqlari

 
 

Kech kuz, daraxtlar mayin shitirlab yaproqlari sekin sekin to‘kilmoqda. Katta yo‘lda tinib tinchimas, ser shovqin mashinalar qatnovi anchagina xonadagi tinchlikni buzib, fikirni o‘ziga tortadi. Ismoil ancha kundan beri tobi yo‘q, tuman shifoxonasida davolanmoqda. Uning xonadosh hamrohlari ancha yoshi ulug‘ muysafid kishilar. Eng ulug‘i esa Komil ota ko‘p narsani boshdan kechirgan, hayot so‘qmoqlarini, o‘nqir-cho‘nqir joylarini ko‘p bosib o‘tgan tajribali inson. Har-har zamon bir gapirib maslahatini aytib qo‘yadi. Aslam bobo bu mashinalar hech tinchimas ekanda, deb norozi ohanda gapirib xonadagi tinchlikni buzdi.

“To‘g‘ri, bular buncha qayerga shoshilishadi-a?” deb gapga Xolmat bobo ham qo‘shildi. Shunda Komil ota bunga bir nazar solib ko‘ring, xuddi, hayot so‘qmoqlariga o‘xshaydi, bizning ham bir vaqtlar hayotimiz mana shunday serqatnov va sershovqin edi. Mana qarabsizki ana-mana deguncha manzilga yetib kelibmiz. Bu boshlar nimalarni ko‘rmadi. Bu hayot o‘zi bir maktab ekan, endi ta'lim olamiz degan bir paytda umr oxirlab qolganini sezmay ham  qolar ekan inson. So‘ngra qancha afsus nadomat chekamiz, ota-onamizni qadriga bormaganimizga, nasihatlariga quloq bermay, o‘z fikrimizni ustun qo‘yganimizga, o‘z bilganimizdan qolmay bu o‘tkinchi hayotni befoyda ishlarga, havoga sovurganimizni eslab o‘ylaymiz, bari befoyda”, deya she'r o‘qiy boshladi:

                          Dunyoni tashvishin bildim ulg‘ayib,

                         Dunyo tashvishlari sershovqin ekan.

                        Hayot so‘qmoqlarin kezdim keksayib,

                         Hayot so‘qmoqlari serqatnov ekan.

                        Hayotni qadrini sezdim qartayib,

                        Hayot lazzatlari xilma-xil ekan.

                        Hayotni tark etdim oxir munkayib,

                       Bu hayot o‘tginchi, shuni bil ekan.

         Ismoil Komil otaning gaplarini eshitib, o‘zining o‘tmish hayotini mulohaza qila ketdi.

  • Bir vaqtlar yosh bola edi, ota-onasi bag‘rida emin –erkin o‘lg‘aydi. Ana –mana deguncha maktabni tugatib Toshkentdagi boobro‘ universitetlardan biriga o‘qishga kirdi, ota-onasi bu xursandchilik voqeani eshitib behad shod bo‘ldilar. O‘zlari yemasalar, kiymasalar ham bor topgan tutganlarini yolg‘iz zurriyoti Ismoilni o‘qishiga sarfladi. O‘qishni tugatgach yo baxti chopdimi yoki taqdir kulib boqdimi, balkim yaxshi xulqi, iqtidori, ilmi tufaylimi uni universitetga ishga olib qolishdi.

      Ismoil bilim yurtida ham o‘zini  bilimi, xushmuomalaligi tufayli tez obr' –e'tibor topdi.

Boshida ota-onasi oldiga tez-tez borib turdi. Keyinchalik ishi ko‘paydimi yoki mansab mas'uliyatimi, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga kamdan –kam holda boradigan bo‘lib qoldi.

Bir kun kotiba qiz Farida kelib Ismoilni tashqarida so‘rab turganini xabar qilishdi. Ismoil  chiqib qarasa qishloqdan ota-onasi ko‘rgani kelgan ekan. Ota –onasi bilan ko‘rishib, so‘rashgandan so‘ng kinoyali ohangda “nega keldilaringiz, yaqinda o‘zim borar edim” dedi. Onasi “o‘g‘lim seni sog‘indik. Mana olti oydirki na borasan na biror xabar qilasan, xavotirlandik. Endi mana yoshing ham bir joyga borib qoldi, ko‘zimiz tirikligida  seni to‘yingni ko‘rsak deymizda, shunga nima deysan bolam?” dedi mehribon ona. Ismoil ota-onasiga, “Xo‘sh, meni tashvishim nega sizlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Meni o‘zim qachon uylanishni, kim bilan bosh qo‘shishimni hal qilaman. Mana ko‘rdinglar, men soppa sog‘man, hozir ishlarim ko‘p, mayli, yaxshi boringlar. O‘zim ishlarim kamaysa qishloqqa boraman” deb xayr manzurni ham nasiya qilib, universitetga kirib ketdi.

Ne-ne umidlaru qancha-qancha orzular bilan tashrif qilgan ota-ona nima qilishini, na ketishin va na qolishin bilmay ancha vaqt universitet oldidagi o‘rindiqda o‘tirib qolishdi. Ismoil ota-onasini qishloqiligidan oriyat qilib, ancha vaqt xona derazasidan ketishini poylab qarab turdi.

Shu orada xona eshigi ochilib Ismoilga ko‘p saboq berib, hozirgacha maslahatini darig‘ tutmagan Farhod Alimov kirib keldi.

- Marhamat  uztoz, keling.

- Keldik, nima bilan band bo‘lib turibsiz?

- Ota-onam ko‘rgani kelishgan ekan,

- Xo‘sh, siz qanday kutib oldingiz?

- Men yaxshiman, o‘zim ishlarim kamaysa boraman, deb javob berib yubordim.

Bekor qilibsiz, ular sizni sog‘inib, mehriga to‘yaylik deb shuncha yo‘l bosib kelishgan, mana olti oydirki bir borib ko‘rmaysiz. Umar Xayyom o‘z ruboyilaridan birida mehr –shavqatni shunday talqin qiladi.

Bir g‘arib ko‘nglini eta olsang shod,

Qiyosdir yer yuzin qilgancha obod,

Bir dilni o‘zingga qul qila olsang,

Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod.

Aslida har bir tirik jon mehr-shafqatga muhtojdir. Mehr va muruvvat insoniyat ma'naviyati, ruhiyatiga xos fazilatlardandir. Mehr-shafqat kishini kamolat cho‘qqisiga yetaklovchi bir nurdirki, u bilan har qanday zulmat og‘ushidan adashmaydi, to‘g‘ri yo‘lni topa olishi mumkin bo‘ladi. Ota-ona ham g‘animat, deb to‘rtlik o‘qiy boshladi.

              Ko‘zlarim turt bo‘lib kutganda bolam kelmadi,

              Mehriga zor bo‘lib kutdim buni bilmadi,

              Mehriga to‘yay deb yo‘l oldim o‘zim,

              Mehriga shod bo‘lib, quvnadi ko‘zim.

Mehribon ota-ona o‘g‘lini bir bora ko‘rganiga ham o‘zidan yo‘q shod bo‘lib qishlog‘i tomon yo‘l oldi. Ismoil ancha vaqtdan so‘ng  qishlog‘iga bordi. Borganda otasi ancha og‘irlashib qolgan edi. Shunda ham o‘g‘liga nasihat qila boshladi: “O‘g‘lim, Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki niyatlarimga erishdim. Senga bu gaplarni aytishga hojat ham yo‘q. Lekin aytishga majburman: doimo kasbingga sadoqatli bo‘l, hech qachon yolg‘on so‘ylama, to‘g‘ri bo‘l, hasad qilma, hasd insonni yemiradi,  yomon insonlarga yondoshma, chunki yomon odamning yaxshi ishida ham xatar bo‘ladi. Hamisha mana bu baytga amal qil,

         Yomon bilan yurma, bo‘l yiroq,

         Yo‘lingga don sochib, qo‘yadi to‘zoq.

         Yoyni egri ko‘rib, to‘g‘riligidan,

         O‘q undan qanchalik qochganiga boq.

O‘g‘lim, sen o‘qdan ibrat ol. Hamisha to‘g‘ri bo‘l, chunki to‘g‘rining yo‘li ochiq, egrining yo‘li yo‘q, degan maqol bor. Doimo shunga amal qil”, deb  yolg‘iz zurriyotini duo qila boshladi.

      Tun yarimidan og‘ib, atrofga sukunat cho‘mgan. Ismoil va onasi Karim otaning yonida bedor. Karim ota bir  chuqur nafas oldi va bu dunyo bilan xayrlashdi. Shu kecha Ismoil ota-onasiga kinoyali gapirganlari, ko‘p ham huzurlariga kelmaganlarini eslab ancha o‘z-o‘zidan pushaymon bo‘ldi.

     Karim otani peshin namozidan so‘ng janozasini o‘qishdi. Karim ota va Hamida momo qishloqda o‘ziga yarasha obro‘mand kimsalar ekanmi janozasiga tumonat odam yig‘ildi. Tobut ko‘tar-ko‘tar bo‘lib ketdi.

         Qabristonda Karim otani dafn qilinayotganda Ismoil rahmatli otasining so‘zlarini esladi va qabirstondagi qabrlarga qarab, bu dunyo o‘tkinchi ekani, kuni kelib bu dunyo undan ham qolishini, ota-onaning qadriga yetish, bu dunyoda ota-onadan azizu mukarram kimsa yo‘qligini his etdi.

     Ismoil shunday o‘ylar domida ekan, ota-onasi Ismoilni ko‘rishga borgandagi muomalasi boshida aylana boshladi. Karim ota “Seni sog‘indik, bir bormaysan ham o‘g‘lim, seni boshingni ikkita qilish kerak” degan so‘zlari quloqlaridan ketmasdi.

     “Eng yaxshi davo – vaqt” deganlari rost ekan. Vaqt o‘tib yaqinlarini yo‘qotib qo‘yish alamini tortib ko‘rgan Ismoil endi onasini yo‘qotib, so‘ng afsuslanishdan qo‘rqib, bor mehrini onaizor xizmatiga sarfladi.

   U endi ona ko‘zidagi nurni ko‘rayotgan edi. Chunki, Ismoil onasining taklifi bilan oila qurdi. Ikkita  bir biridan shirin farzandlari bor. Turmush urtog‘i ham oliy ma'lumotli o‘qutuvchi, bu baxtli oila edi.

G‘olib RASULOV – Tayloq tumani “Sada Qayrog‘och” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/11/2019 14:31;   Ko‘rilganligi: 359
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/society/umr-saboqlari
Chop etilgan vaqti: 18/09/2020 11:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing