O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Shukrning fazilati

 
 

Yaratganimiz bizga son-sanoqsiz ne'matlarini mukammal qilib ato etgan. Bu haqda Qur'oni karimda ushbu oyat nozil qilingan:

Sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma'naviy) ne'matlarini komil berdi” (Luqmon, 20). 

Ha, azizlar, bizni inson qilib yaratib, butun borliqni bizga bo‘yinsindirib qo‘ygan Robbimiz buyukdir. Tana a'zolarimizdagi ne'matlarni bir tafakkur qilib ko‘rsak. Qo‘l-oyoqlarimiz - bu a'zolarimiz bizni faol xizmat qilishimizda muhim hisoblanadi. Yaqinda bir qarindoshimizni bemorligi tufayli ziyoratiga bordik. U kishi insult kasalligi bilan og‘rigan edi. Bir oyoq va bir qo‘li ishlamay qolgan. Suhbatlashib o‘tirdik. U kishining orzusi, tezroq oyoqqa turish. Ming afsuski qo‘l-oyog‘imiz ishlab turganda buni qadriga yetmaymiz.

Mehribon Robbimiz Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi

 “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, azobim shiddatlidir” (Ibrohim, 7).

Allohning bizga ato etgan ne'matlari ko‘p, lekin ularning eng ulug‘lari bor. Bu haqda suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shunday marhamt qiladilar:

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Ikki ne'mat borki, u haqda kishilarning ko‘pchiligi bebahra qolishadi. Sihhat-salomatlik va bo‘sh vaqt”, dedilar.

Imom Buxoriy rivoyatlari.

Ne'matlarni o‘zimizda borida shukrini qilaylik. Qadriga yetaylik, shundagina uni bizga bergan Robbimiz rozi bo‘ladi va uni yana ziyoda qiladi, inshaalloh.

Qo‘shrabot tuman “Qiyqim” jome masjidi imom xatibi Eryigit Abduvohidov


Kiritilgan vaqti: 03/03/2020 11:54;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/society/shukrning-fazilati
Chop etilgan vaqti: 30/05/2020 22:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing