O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Sabrning tagi – OLTIN

 
 

Sayohatga chiqqan maktab o‘quvchilari ortga qaytayotganida ularning ichidan bir qiz yo‘ldan adashishi oqibatida avtobusga vaqtida yetib kela olmay, qolib ketdi. Nima qilarini bilmagan qiz, eng yaqin uyga borib, eshikni qoqdi. Ichkaridan  chiqqan yigit eshik oldida turgan qizni ko‘rib bir oz ajablangan holda undan “kim siz?” deb so‘radi. Qiz o‘zini talaba ekanligini, bu yerga maktab o‘quvchilari bilan birga avtobusda kelganini, ular bilmasdan qizni qoldirib ketishganni va ortga qaytish yo‘lini bilmasligini birma-bir aytib berdi. Yigit qizga “bu yer bir tashlandiq qishloq, siz bora olmayotgan shaharcha janub tarafda, siz esa shimol tarafdasiz. Bu yerda hech kim yashamaydi. Keling bu kechani shu yerda o‘tkazing, erta tong bilan sizni shaharchangizga eltib qo‘yaman”, dedi.

Qizni uy ichiga taklif etib, o‘zining yotog‘ini unga bo‘shatdi va o‘zi esa xonaning bir chetida uxlashini aytdi. Xonaning o‘rtasidan parda tutishdi. Qiz ko‘rpasiga o‘ranib olib, qo‘rquv aralash yigitni kuzatib yotar, yigit esa xonaning bir chekkasida kitobini ushlab o‘tirar edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach yigit to‘satdan kitobini yopib, ro‘parasida turgan shamga qarab xayol sura boshladi. Oldin bosh barmog‘ini shamga to kuyguncha tutib turdi. Keyin qolganlarini ham shu tariqa kuydirishni boshladi. Qiz yigitni kuzatar ekan, uni qandaydir bir diniy marosimlarini o‘tkazayotgan jin bo‘lsa kerak, degan fikrga kelib, ovozini chiqarishdan qo‘rqqanicha ich-ichidan yig‘lar edi. Ikkisi ham uxlolmasdan shu tariqa tong ottirishdi. Tongda esa yigit qizni shaharchasiga kuzatib qo‘ydi. Qiz uyiga kelib bu hikoyani hammasini oqizmay-tomizmay otasiga so‘zlab berdi. Lekin ota bu hikoyaga ishonmadi, aksiga olib qiz qattiq qo‘rqqanidan kasal bo‘lib yotib qoldi. Ertasi kuni ota yigitni izlab topdi. O‘zini xuddi bir yo‘lovchidek ko‘rsatib, yo‘lni tushuntirib yuborishini so‘radi. Yigit bilganicha tushuntirib bo‘lgach, qizning otasi yigitga tashakkur aytdi. So‘ng gap orasida bog‘langan qo‘liga ishora qilib, nima sababdan kuyganini so‘radi. Yigit “Kecha bir go‘zal qiz adashib qolib, majburan menikida tunab qoldi. Shunda shayton meni vasvasa qila boshladi. Har vasvasa qilgan sari oxirat olovini eslashim uchun avval bitta keyn qolgan barmoqlarimni kuydirdim. Iblis meni o‘z hiylasiga tortishidan avval men barmog‘im bilan shaytonning shahvatini kuydirib tashladim. Qizga hujum qilish fikri meni kuygan barmoqlarimdan ham ko‘proq azoblardi. Yigit qizning otasiga juda yoqib qoldi va o‘zini kimligini aytmasdan uni uyiga taklif qildi. Ota o‘sha adashib qolgan go‘zal qizini mana shu yigitga jufti halol berishga qaror qildi.

Ha, azizlar! Sabrni tagi "OLTINDAN", deb bekorga aytishmas ekan. Yigit o‘zining sabri va aqli bilan bir kungi harom tunni qo‘lga kiritish evaziga, dunyo va oxiratining kuyishini oldini olish, butun umrini halollik bilan o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldi. Kim Alloh uchun yomonlikdan voz kechsa, Alloh uning evaziga yaxshiligi bilan siylaydi.

Jahongirxon Abrorov – O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi


Kiritilgan vaqti: 10/02/2020 15:15;   Ko‘rilganligi: 2504
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/sabrning-tagi-oltin
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 20:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing