O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

NE'MATLARNI QADRIGA YETAYLIK

 
 

Jannat makon yurtimiz O‘zbekiston har birimiz uchun muqaddasdir. Shu yurtda tug‘ildik, unib o‘sdik, musaffo osmon ostida tinch-totuv yashamoqdamiz. Yaratgan zot Alloh taolo ne'matlarini mo‘l-ko‘l qilib berib turibdi. Har bir ne'matni qadriga yetib, uni isrof qilmasdan foydalansak Alloh ne'matlarini yanada ziyoda qiladi. Quroni karimning “Nahl” surasi, 114-oyatida:

فَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ اللّهُ حَلالاً طَيِّباً وَاشْكُرُواْ نِعْمَتَ اللّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ

Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halo, pok holida yeng. Va agar unga ibodad qiladigan bo‘lsangiz, Allohning ne'matiga shukr qiling” deyilgan.

Nuroniy ota-onalarimiz har damda duolarida yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, rizqimizga baraka so‘rab duo qilib turibdilar. “Ibrohim” surasi 34-oyatida Alloh taolo marhamat qilib “Va U sizga barcha so‘ragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmassizlar. Albatta, inson o‘ta zolim va o‘ta noshukrdir” degan.

Hozirgi kunda dalalarimizda oppoq bo‘lib ochilib turgan paxta ham bizga Allohning bergan cheksiz ne'matlaridandir. Bu ne'matni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish har birimizning burchimiz. Yurtimiz boyligi, rizq ro‘zimiz bo‘lgan paxtani isrof qilmasdan terib olsak, shunda shukur qilgan va ne'matni qadriga yetgan bandalardan bo‘lamiz. Rabbimiz Alloh yana rizqimizni ziyoda qiladi. Vaholanki, Alloh O‘z kalomida “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir” (Ibrohim surasi, 7-oyat), deb eslatgan.

Saydullo RO‘ZIYEV – Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/11/2019 11:55;   Ko‘rilganligi: 1989
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/nematlarni-qadriga-etaylik
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing