O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Hasad - kalb kushandasi

 
 

Ulamolar: “Har qanday dushmanchilikning sababi hasaddan boshqa narsa bo‘lsa, u dushmanchilik do‘stlikka aylanishi mumkin. Ammo dushmanchilikning sababi hasad bo‘lsa u dushmanlik aslo do‘stlikka aylanmaydi” -deyishgan. Buning misoli Otamiz Odam alayhissalom bilan shayton alayhi la'naning dushmanligidir. Shayton Odam alayhissalomga berilgan maqomni ko‘rolmadi, unga hasad qildi. Shuning uchun shayton alayhi la'na bilan Odam farzandlari abadiy dushmandirlar.

Hasad - birovga berilgan ne'matni ko‘rolmaslik, u ne'matni o‘z egasidan ketib, o‘ziga kelishini qattiq xohlashidir. Hasadning muqobilida havas ataluvchi yana bir tuyg‘u bor. Havas birovga berilgan ne'mat uchun xursand bo‘lish va o‘ziga xam shunday ne'matning berilishini xohlashdir. Havas gunoh emas. Hasad esa katta gunoxdir!

Qur'oni karim oyatlarida hasad qoralangan va hasadchining hasadidan panoh so‘rashga chaqirilgan. “Niso” surasining 54-oyatida “Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?” deyilgan. Demak o‘zgalarga Alloh tomonidan berilgan ne'matlarga hasad qilish shaytoniy amallardandir.

Abu Hurayra      (r.a)dan  rivoyat    kilingan    hadisda    Rasululloh

sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min bandaning ichida Allohning yo‘lidagi (amalda yutilgan) chang va jahannamning olovi jam bo‘lmaydi. Bir bandaning ichida iymon bilan hasad jam bo‘lmaydi”, dedilar.

Demak, iymon bilan hasad xuddi suv va olov kabi bir biriga tamoman zid narsalar ekan. Biri bor joyda ikkinchisi bo‘lmaydi.

Abu Hurayra      (r.a)dan      rivoyat       qilingan    boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hasaddan saqlaning! Chunki hasad yaxshiliklarni xuddi olov o‘tinni yegandek yeb yuboradi”, dedilar.

Hasadchining qilgan hasadi tufayli muqaddam qilgan savob amallari bo‘lsa ham yo‘q bo‘lib ketadi. Yong‘in chiqqan yerda olov hamma narsani yeb bitirgani kabi savob amallarni ham hasad kuydirib yo‘q qiladi.

Anvar NAZAROV – Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom xatibi      


Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/society/hasad-kalb-kushandasi
Chop etilgan vaqti: 26/01/2020 23:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing