O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Giyohvandlik — yomon illat

 
 

Islom shari'ati bashariyatni to‘g‘ri yo‘lga buyurish va fisq-fasoddan himoya etish asosiga bino qilingan. Bu din insonlarni yaxshiliklarga buyurib, barcha ko‘rinishdagi yomonliklardan himoya qiladi. Insonning hayotiga xavf soladigan, Robbisining zikridan, ibodatidan to‘sadigan, aqli va sog‘ligiga ziyon yetkazadigan zararlardan asraydi.

Islom shari'ati besh narsani himoya qilishni maqsad qilgan. Ular din, jon, nasl, aql va mol. Ulamolarimiz uni “Besh zarurat”, deb nomlaganlar. E'tibor qaratilsa giyohvandlik moddalari va uning barcha navlari ushbu besh hayotiy zaruratga ochiq va qat'iy xatar ekanligi ko‘rinadi.

Dinga zarari – giyohvand modda iste'mol qiluvchi dinining ahkomlariga beparvo, Parvardigorining toatiga ishtiyoqsiz bo‘ladi. Dinini yo‘qotish va oxiratini barbod qilish va gunohkor bo‘lishdan qo‘rqmay qoladi va dindan chiqadi.

Aqlga zarari – giyohvandlik asab to‘qimalariga zarar yetkazib, odamning aqlini butunlay zayiflashtiradi. Vaholanki, insonning inson ekanligi aqlining sababidandir.

Naslga zarari – giyohvandlik jinsiy zaiflikni keltiradi va naslini yo‘q qiladi.

Joni va moliga zarari – giyohvand kimsa o‘zining insonlik fazilatini yo‘qotadi. Ajal urug‘ini sotuvchi kimsaning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib, uning ortidan sarobga yetish uchun xalloslab yugiradi, aslida yomon o‘limni ta'qib qilayotganini sezmaydi. Sharmandali, xoru-zor bo‘lib o‘lim topish uchun jiddu jahd bilan jonini sotadi, molini sarf qiladi.

Bular, giyohvandlik moddasining yolg‘on tuzog‘iga ilinib vafot etgan ko‘plarning holatidan ozgina bir tasvir edi. Alloh bergan halol rizq-ro‘zimizni iste'mol qilib, haromidan hazar qilsak najot topuvchilardan bo‘lamiz, in sha Alloh.


Kiritilgan vaqti: 18/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 3129
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/giyohvandlik--yomon-illat
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 11:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing