O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

DO‘ST TANLASHDA ADASHMANG

 
 

“Unvonul-bayon” asarida “Do‘stlikni olovning ichida bo‘lsa ham saqlagin. Sening do‘stliginga loyiq bo‘lmagan kishining yo‘lini ochiq qo‘y”, -degan hikmat keltirilgan.

Islomda do‘stlik juda qadrlanadi. Do‘stlar bir birlarini doimo yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarib turishlari kerak. Shu dunyoda Alloh uchun do‘st bo‘lganlar, oxiratda ham birga bo‘lishadi. Har birimiz o‘z holimizga qaraylik, kimni yaxshi ko‘ryapmiz? Kim bilan ulfatchilik qilayapmiz? Kimlarga o‘xshagimiz keladi. Kimni do‘st tutyapmiz? Biz do‘st deb bilgan kishilar oxiratda darajalari qanday bo‘lishiga e'tibor qilaylik.

         Bir kishi Nabiy sallolohu alayxi va sallamning huzurlariga kelib! “Qiyomat qachon bo‘ladi? -deb so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi va sallam “Qiyomat uchun nima tayyorlab qo‘yding? -dedilar. U hech narsa. Lekin men Alloh va uning Rasulini yaxshi ko‘raman - dedi. Shunda Nabiy sallolohu alayhi va sallam Siz o‘zingiz yaxshi ko‘rganlar bilan birga bo‘lasiz, -dedilar.

         Shunday zarbulmasal bor. Tuya bilan tulki do‘stlashgan ekan. Bir kuni tulki sherga duch kelibdi. Sher unga tashlanmoqchi bo‘lganida tulki yolvora boshlabdi: - “Ey hayvonlar sultoni! Menga shavqat qiling, buning evaziga o‘tlab yurgan do‘stim tuyani sizga ko‘rsataman. U sergo‘sht, men esa qoqsuyakman”. Tulki tuyani ko‘rsatibdi. Ammo sher avval sotqin tulkini tilka pora qilib, so‘ng tuyaga tashlanibdi. Qissadan hissa shuki, do‘st tanlashda adashmang. Kishi do‘stlik iplarini uzib, do‘stiga xiyonat qilar ekan, o‘z boshiga ham hiylagar tulkining kuni tushushi aniq.

         Barchalarimizni tulki sifat “do‘stlar” dan Allohning o‘zi saqlasin.

Anvar NAZAROV - Kattaqo‘rg‘on shahar "Muhammad Naqqibek" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/11/2019 10:43;   Ko‘rilganligi: 3160
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/dost-tanlashda-adashmang
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing