O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Сийрат

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollariga uy ishlarida ko‘maklashar edilar.

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Bu hol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarida eng ko‘p zikr qilinadigan xislatlaridan hisoblanadi.

Asvad ibn Yaziddan rivoyat qilinadi:

«Oisha roziyallohu anhodan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyda nima qilar edilar?» deb so‘radim. «U zot ahllarining yumushlarida bo‘lar edilar. Azonni eshitsalar, chiqib ketar edilar», dedi».

Imom Buxoriy rivoyati.

Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi:

«Oishaga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida nimalar qilar edilar?» degan edim, «Kiyimlarini tikar, shippaklarini yamardilar, kishilar uyida qiladigan ishlarni qilaverar edilar», dedi». 

Ahmad, Ibn Sa'd va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.

Imom Termiziy «Shamoyil»da Oisha roziyallohu anhodan quyidagi lafzda rivoyat qiladi: «U zot ham hamma kabi bir inson edilar. Kiyimlarini tozalardilar, qo‘ylarini sog‘ardilar, o‘z ishlarini o‘zlari qilar edilar».

Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanchalar buyuk va muhim ishlar bilan band bo‘lishlariga qaramay, uy ishlarida ahli­-oilalariga qarashib yuborar edilar.

Manba: islom.uz


Kiritilgan vaqti: 13/02/2020 16:33;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/articles/siyrah/rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallam-ayollariga-uy-ishlarida-komaklashar-edilar
Chop etilgan vaqti: 11/07/2020 18:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing